Chelak xazinasi




Chelak xazinasi - Samarkand viloyati (hozirgi Payariq tumani Chelak shahri)dagi Chelak shahar xarobasidan topilgan kumush buyumlar (1961). Topilmalar 4 ta kumush idishdan iborat boʻlib, ulardan biri — sosoniylar davriga oid. Idishda, shahanshoh Peroz tasviri tushirilgan, 2idish qalin boʻlib, unda bir eftaliy zodagonining tasviri bor. Qolgan 2 idish yupqa, nozik ishlangan boʻlib, Sugʻdda qilingan. Chelak xazinasi milodiy 6-asrning oxiri — 7-asrning boshida Sugʻdda yashagan shaharlikning xonadonidan topilgan boʻlib, bu yerga aftidan bir asr muqaddam kelib qolgan. Chelak xazinasi SanktPeterburgdagi Ermitajda saqlanmoqda.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz