Chelak kumush kosasi
Chelak kumush kosasi („Chelak kosasi“) Samarqanddan 25 kilometr shimolda, Chelak shahri yaqinida joylashgan Koʻktepa yodgorligi hududidan topilgan kumush kosa boʻlib, „eftalit sanʼatining eng mashhur namunasi“ hisoblanadi. Chelak kumush kosasi milodiy V asr oxiri, VI asrning dastlabki choragida Hindukushning janubida hukmronlik qilgan Alxon hunlariga tegishli. Alxoniylar qadimdan eftalitlar boʻlinishi davrida ajralib chiqqan qabilalardan bir boʻlib, eftaliylarning sharqiy tarmogʻi hisoblanadi. Ammo bugungi kunga kelib alohida birlik sifatida koʻrib chiqilmoqda.
Kashf etilishi
1961-yilda Basileya-Chelak (Basileya qadimgi soʻgʻd shaharlaridan biri) shahar arkiga yaqin boʻlgan hovlilardan birida kavlangan quduqdan tilla uzuk va toʻrt dona kumush kosalar topilgan.
Umumuiy tavsifi
Chelak kumush kosasi tarkibi kumushdan iborat. Unda eron lentalari va kalta kiyimlar kiyib olgan hind libosidagi oltita raqqosa tasvirlangan. Kosa markazida hukmdor Alxon tasviri mavjud. Ushbu kumush kosa ehtimol Hindistonda Alxoniylarning iltimosiga binoan ishlab chiqarilgan boʻlishi mumkin. Hozir Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyida saqlanadi.
Chelak kumush kosasining pastki qismidagi medalyonda odamning bosh suyagi choʻzilgan holatda tasvirlangan boʻlib, Alxon hunlari sanʼatiga xosdir. Ushbu bosh tasviri sosoniylar uslubida (qirollik lentalarini kiyadi va oʻng qoʻlida gul tutadi) koʻrsatilgan. Uni Mehama tangalarida ham koʻrish mumkin. Chelak kosasi, ehtimoliy Vaxshunvar (milodiy 430/440-490) davriga tegishli boʻlishi mumkin.
Tashqi bezaki va ichki qismlar tasviri shunday boʻlgan kumush kosalarning umumiy uslubi Sosoniylar imperiyasining oldingi namunalaridan va Ahamoniylar imperiyasi kosalariga oʻxshaganligi sababli stilistik jihatdan „Sosoniy davriga oid“ deb qaraladi.
Luvr muzeyida namoyish etilishi
2022-yil 23-noyabr kuni Parijdagi Luvr muzeyida „Oʻzbekiston vohalari xazinalari. Karvon yoʻllari kesishmasida“ koʻrgazmasi ochilishi boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmada monumental va dastgoh sanʼati buyumlari, devor rasmlari, dekorativ-amaliy sanʼat buyumlari bilan bir qatorda Chelak kumush kosasi ham namoyish etildi.
Galereya
Manbalar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org