Cheklanmagan monarxiya




Cheklanmagan monarxiya (absolyutizm) — monarxiyaning oʻziga xos tarzda hukmronlik qiladigan shakli. Bunday monarxiya sharoitida qirol yoki malika hokimiyati odatda konstitutsiya bilan chegaralanadi (zamonaviy davrdan boshlab). Biroq, cheklanmagan monarxiya davlatlarda qirol yoki malika hech qanday chegaralanmagan va mutlaq hokimiyatga ega boʻlishgan va baʼzi mamlakatlarda bu tuzum hozir ham saqlanib qolmoqda..

Umumiy tavsif



Yevropada cheklanmagan monarxiya Fransiya inqilobi va Birinchi jahon urushidan keyin sezilarli darajada pasayib ketdi va bu hodisalar xalq suvereniteti tushunchasiga asoslangan hukumat nazariyalarining ommalashishiga olib keldi. Bugungi kunda mutlaq monarxiyalarga Bruney, Esvatini, Ummon, Saudiya Arabistoni, Vatikan va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar misol boʻla oladi.

Tarixda monarxiya



Usmonli imperiyasida Sulton davlat ustidan cheklanmagan (mutlaq) hokimiyatga ega edi va oʻz xalqi tomonidan „Buyuk podshoh“ maʼnosini anglatuvchi padishah hisoblangan. Koʻpgina sultonlar oʻzlarining unvonlarida aks ettirilgan samoviy nomlar orqali mutlaq hokimiyatga ega edilar, masalan, „Yerdagi Xudoning soyasi“. Shuningdek, Qadimgi Mesopotamiyada, Ossuriya, Bobil va Shumerning koʻplab hukmdorlari ham mutlaq monarxlar boʻlgan.

Xitoy imperiyasi koʻplab imperatorlar Osmon farzandlari nomi ostida mutlaq hokimiyatga ega edilar. Kolumbgacha boʻlgan Amerikada Inklar Imperiyasini quyosh ilohi va xalqlar ustidan mutlaq hukmdor xudo Intining oʻgʻli deb taʼriflanadigan hujkronlar boshqargan. Joseon sulolasi va qisqa muddatli Imperiya davridagi Koreya ham mutlaq monarxiya edi, garchi Shimoliy Koreyadagi Kim sulolasi hozirda ham amalda monarxiya hisoblanadi.


Soʻnggi oʻzgarishlar




Ilgari mutlaq monarxiyalarga ega boʻlgan koʻplab davlatlar, masalan, Iordaniya, Quvayt va Marokash konstitutsiyaviy monarxiyaga oʻtishdi. Biroq, ushbu davlatlarda monarx hali ham ulkan hokimiyatni saqlab qolgan, hattoki baʼzi choralar bilan parlamentning siyosiy hayotga taʼsirini chegaralab qoʻymoqda.

Butanda davlat boshqaruvi 2003-yilda Tshogduga rejalashtirilgan parlament saylovlari va 2008-yilda Milliy Assambleya saylovlaridan keyin mutlaq monarxiyadan konstitutsiyaviy monarxiyaga oʻtdi.

Nepalda konstitutsiyaviy boshqaruv va Nepal fuqarolar urushi, maochilar qoʻzgʻoloni va 2001-yildagi Nepal qirollik qirgʻini bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri boshqaruv oʻrtasida bir qancha oʻzgarishlar sababli Nepal monarxiyasi 2008-yil 28-mayda bekor qilingan.

Tongada qirol 2010-yilgacha Qonunchilik Assambleyasini mutloq nazorat qilgan.

Lixtenshteyn monarx hokimiyatini kengaytirish tomon yurdi: Lixtenshteyn shahzodasiga 2003-yilda Lixtenshteyn Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendumdan soʻng kengaytirilgan vakolatlar berildi, bu esa BBCning shahzodani „yana mutlaq monarx“ deb taʼriflashiga sabab boʻldi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz