Cheklangan trafik




Cheklangan trafik (inglizcha: bandwidth cap, data cap — „trafik qopqogʻi“, „maʼlumot qopqogʻi“) yoki trafik limiti deb veb trafikka qoʻyilgan cheklovga aytiladi. Internet-provayderlar trafik limitini koʻp foydalanuvchilari bor kanalga bosimni kamaytirish uchun qoʻyishadi. Xorijda shuningdek Fair Access Policy („odil foydalanish siyosati“) yoki Usage-based billing („isteʼmolga asoslangan hisob“) deb ham ataladi.

Cheklangan trafik internet ommalashayotgan paytlarda kiritilgan edi, hozirda aksariyat mamlakatlarda bekor qilingan. Biroq trafik limiti ayrim mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekiston, Indoneziya, AQSh va Avstraliyada u yoki bu shaklda saqlanib qolgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz