CHEK TOMAS (1947.8.12, Chikago) amerikalik kimyogar. Kaliforniya universitetini tugatgan (falsafa doktori, 1975). Kolorado universiteti professor (1980 yildan). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalar kimyosiga oid. Genlarning mozaik (uzukli) tuzilishini o’rganish okibatida ulardagi kodlangan qismlar (ekzonlar) kodlanmagan qo’yilmalar (intronlar) bilan galmagal joylashishini topgan (1970). Silaysing reaktsiyasi uchun, ya’ni eng oddiy organizmlardan tetraximena genidagi 2 ekzonni ajratib turuvchi intronni olib tashlash va ekzonlarni o’zaro bog’lash (dimerizatsiya) uchun zarur fermentni topish maqsadida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida bu reaktsiya hech qanday oqsilfermentlar ishtirokisiz, o’zo’zidan o’tishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1989, S. Oltmen bilan hamkorlikda).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish