Чэхія
Chexiya (chex. Česko),
Chex Respublikasi (chex. Česká republika) – Markaziy Yevropadagi davlat. Maydoni -78,9 ming km². Aholisi -10,51 mln. kishi (2012). Poytaxti – Praga shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 oblast (viloyat)ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
Chexiya – suveren, demokratik davlat. Amalddagi konstitutsiyasi 1992-yil 16-dekabrda qabul qilingan va 1993-yil 1-yanvardan kuchga kirgan, 1997-yil 23-oktabrda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2013-yildan Milosh Zeman), u parlamentning ikkala palatasi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – deputatlar palatasi va Senatdan iborat parlament. Ijrochi hokimiyat organi prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat.
Tabiati
Chexiya hududining katta qismi Chexiya togʻlarida joylashgan. Uning atrofida oʻrtacha balandlikdagi Shumova, Chexiya oʻrmoni, Rudali togʻlar (KrushneGori), Krkonoshe togʻlari (eng baland joyi 1602 m, Snejka togʻi) bor. Chexiya togʻlarining ichki qismi – Chexiya soyligi tepaliklar va ularni ajratib turuvchi past toglardan iborat. Moraviyada ham tepalik va past togʻlar koʻp. Chexiyaning janubiy va markaziy kismida ChexiyaMoraviya qirlari bor. Chexiyada kumir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud.
Iklimi moʻʼtadil iklim. Gʻarbdan sharqqa va ichki soyliklarda kontinentallashib boradi. Tekisliklarda oʻrtacha temperatura yanvarda –2° dan –4° gacha, togʻlarda –8° dan – 10° gacha, iyulda 19–20°, togʻlarda 4–8°. Yillik yogʻin tekisliklarda oʻrtacha 500–700 mm, togʻlarda 1600–2100 mm. Mamlakatjanubiy va gʻarbida uncha katta boʻlmagan koʻllar bor. Asosiy daryolari – Laba (Elba), Vltava. Togʻ yon bagʻirlari aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Hayvonlardan togʻlarda qoʻngʻir ayiq, tulki, kiyik, yovvoyi echki, tekisliklarda kemiruvchilar, kaltakesak va qushlarning koʻp turlari bor.
Aholisi
Aholisining koʻpchiligi – chexlar (81,3%); slovak, polyak va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 70%. Rasmiy til – chex tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Iirik shaharlari: Praga, Brno, Plzen, Ostrava.
Tarixi
Chexiya hududida odam paleolit davridan boshlab yashaydi. Miloddan avvalgi taxminan 400-yillarda bu yerda keltlar, miloddan avvalgi 1-asrda kelt qabilalarining boy guruhi yashagan (Chexiyaning lot. Bohemia, nem. Bohmen nomi ham shundan). 1ming yillik oʻrtalarida Chexiyada slavyan qabilalari koʻpchilikni tashkil etdi. 7-asrda Chexiya hududi Samo davlati, 9–10-asr boshlarida Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirdi. 10-asrda paydo boʻlgan Praga knyazligi ilk chex davlatining oʻzagi boʻlib qoldi. 1198-yildan qirollikka aylandi. 1310–1437-yillarda chex yerlari Lyuksemburglar sulolasi mulki tarkibida boʻldi. 15-asrning 1-yarmida Chexiyada kuchli ijtimoiyinqilobiy, milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtdi (qarang Guschilar harakati). 1526-yil Chexiya Gabsburglar imperiyasi tarkibiga muxtoriyat huquqi bilan qoʻshib olindi. 1618–20 yillarda chex qoʻzgʻolonining magʻlubiyatidan soʻng, uning provinsiyasiga aylandi. 18-asr oxiri – 19-asr 1-yarmida chex tili, milliy madaniyatini saqlash va rivojlantirish uchun milliy harakat avj oldi. 19-asrning 30–40-yillarida u siyosiy tus ola boshladi. 1848-yil Pragadagi Svyatovatslav yigʻini Gabsburglar imperiyasida 1848–49 yil inqilobi boshlanishiga olib keldi. 1867-yil Chexiya Avstriya-Vengriyaning Avstriya qismi tarkibiga kirdi. 1878-yil Chexiyada Chexoslavyan sotsialdemokratik ishchi partiyasi tuzildi. 1918-yil AvstriyaVengriya parchalangach, Chexiya Slovakiya bilan birlashib mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tashkil etdilar. 1938-yil oktabr boshlarida Germaniya Chexiyaning Sudet viloyati deb nomlangan hududini, 1939-yil martda barcha chex yerlarini bosib oldi va uni "Bogemiya va Moraviya protektorati" deb eʼlon qildi. Chex xalqining 1945-yil maydagi qoʻzgʻoloni natijasida 1945-yil 9-mayda Praga shahri ozod qilindi; chex yerlari va Slovakiya Chexoslovakiya Respublikasi doirasida qayta birlashtirildi. Chexiya 1948-yil 9-maydan Chexoslovakiya Xalq Demokratik Respublikasi, 1960-yil 11-iyuldan Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi, 1990-yil 29-martdan Chexoslovakiya Federativ Respublikasi, 1990-yil 20-apreldan 1992-yil 31-dekabrgacha Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi tarkibida boʻldi. Chexiya va Slovakiya Federatsiyasining 1992-yil 25-noyabrdagi Chexiya va Slovakiya Federatsiyasining tugatilishi toʻgʻrisidagi federal qonuniga binoan Chexiya 1993-yil 1-yanvardan suveren davlatga aylandi. Chexiya 1993-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1993-yil 1-yanvardan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 28-oktabr – Mustaqil Chexoslovakiya tashkil boʻlgan kun (1918).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
Fuqarolar demokratik partiyasi, 1991-yil 23-fevralda tashkil etilgan; Fuqarolar demokratik alyansi, 1989-yil tuzilgan; Demokratik ittifoq partiyasi, 1994-yil asos solingan; Chexiya va Moraviya kommunistik partiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi partiyasi, 1998-yil tuzilgan; Chexiya sotsialdemokratik partiyasi, avvalgi nomi Chexoslovakiya sotsialdemokratik partiyasi, 1989-yildan mustaqil partiya sifatida faoliyat yuritadi. ChexMoraviya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yil tashkil etilgan, 31 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi.
Iqtisodiyoti
Chexiya – industrialagrar mamlakat. Milliy daromadda qishloq xoʻjaligi 5%, sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 61,2% ni tashkil etadi.
Sanoatida yoqilgʻienergetika va qora metallurgiya (Ostrava rni), kimyo, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qoʻngʻir kumir va toshkoʻmir qazib olinadi. OstravaKarvina toshkoʻmir, Shimoliy Chexiya va Sokolov qoʻngʻir koʻmir havzalari, temir ruda konlari mavjud. Yiliga oʻrtacha 58,7 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari – Praga, Plzen, Ostrava, Brno.
Qishloq xoʻjaligida, asosan, qand lavlagi, bugʻdoy, javdar, arpa, yemxashak ekinlari, kartoshka va boshqa ekiladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan, koʻp miqdorda qulmoq (xmel) yetishtiriladi. Goʻshtsut chorvachiligiga asosiy eʼtibor beriladi (choʻchqa, qoʻy, qoramol, parranda boqiladi). Suv havzalarvda baliq yetishtiriladi.
Transporti
Temir yoʻl uzunligi 9,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 124,8 ming km. Vltava va Laba daryolarida kema qatnaydi. Asosiy dare portlari – Praga va Dechin. Pragada xalqaro aeroport bor. Chexiya chetga mashina va jihozlar, yengil, shishakeramika sanoati mahsulotlari, kumir chiqaradi. Chetdan neft, gaz, kora metall, isteʼmol mollari oladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Germaniya, Slovakiya, Avstriya, Rossiya bilan savdo kiladi. Pul birligi – chex kronasi.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari
Chexiyada 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan (asosiy maktab). 8 yillik maktab negizida toʻliq oʻrta maktab, gimnaziya, oʻrta kasbhunar bilim yurtlari va maktablari faoliyat yuritadi; ular malakali ishchilarni tayyorlaydi. Chexiyada 23 oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Praga universiteti, Politexnika instituti, Iqtisodiyot instituti, Tasviriy sanʼat akademiyasi, Musiqa sanʼati akademiyasi (hammasi Praga shahrida), Brno, Olomouts shaharlaridagi universitetlar, Ostravadagi konchilik instituti. Oliy ilmiy muassasasi – Chexiya Fanlar akademiyasi. Vazirlik va muassasalarning geol., gidrometeorologiya, suv xoʻjaligi markaziy ilmiy tadqiqot institutlari bor. Yirik kutubxonalari: Praga universiteti kutubxonasi, davlat kutubxonasi, Chexiya Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasi, Ya.A. Komenskiy nomidagi ped. davlat kutubxonasi, Brnodagi universitet kutubxonasi, davlat ilmiy kutubxonasi. Ostrava, Olomouts, Plzen va boshqa shaharlarda ham ilmiy kutubxonalar bor. Chexiyada bir qancha muzey va galereyalar mavjud. Yiriklari: Pragadagi Milliy muzey va Milliy galereya, Naprstak nomidagi etn. muzeyi, A. Dvorjak muzeyi, B. Smetana muzeyi, planetariy, chex milliy yozuvi muzeyi va boshqa
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Chexiya bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Vechernik Praga" ("Praga oqshomi", chex tilidagi kundalik gazeta, 1955-yildan), "Vlasta" (Vlasta – ayol ismi; chex tilidagi haftalik jurnal, 1947-yildan), "Zrsadlo" ("Oyna", yoshlarning oylik jurnal, 1990-yildan), "Lidova demokratsiya" ("Xalq demokratiyasi", chex tilidagi kundalik gazeta, 1945-yildan), "Pravo" ("Huquq", chet tilidagi kundalik mustaqil gazeta, 1991-yildan), "Pravo lidu" ("Xalq huquqi", chex tilidagi kundalik gazeta, 1989-yildan), "Pratse" ("Mehnat", kasaba uyushmalarining chet tilidagi kundalik gazeta, 1945-yildan). Chexiya telegraf agentligi axborot agentligi boʻlib, 1918-yil Chexoslovakiya telegraf agentligi sifatida tashkil topgan; 1992-yildan hozirgi nomda. Chexiya radiosi va televideniyesi (1992-yildan) faoliyat yuritadi.
Adabiyoti
9-asrda paydo boʻlgan chex yozuvi dastlabki eski slavyan tilida rivojlandi. Bunda akauka Kirill va Mefodiylarning maʼrifatparvarlik faoliyatlari muhim rol oʻynadi. Buyuk Moraviya davlati agʻdarilgach (906), lotin tili yoyiddi. Pragalik Kozmaning "Chex xronikasi" asari (1125) lotin tilida yaratilgan yirik asar xisoblanadi. Dalimil Mezirjitsskiyning 14-asr boshlarida yaratgan "Dalimil xronikasi" asari chex tilidagi kad. adabiy yodgorlikdir. Chexiyaning birinchi mashhur yozuvchisi hajvchi S.Flyashka (14-asr – 1403) dir. 15-asrda Yan Gus, Yan Jelinskiy, P. Xelchitskiy antikatolik ruhda asarlar yozdilar. AvstriyaVengriya hukmronligi davrida chex adabiyoti taʼqibgauchradi. 17-asrdagi yirik adabiy yodgorlik – Ya.A. Komenskiy asarlari boʻldi. Y. Dobrovskiy, Y. Yungman, P.Y.Shafarik, F. Palatskiy, A.Ya. Puxmayer, V. Ganka, Ya. Kollar, F.K. Chelakovskiy kabi olim va yozuvchilar chex milliy Uygʻonish davri (18-asr oxiri – 19-asr 1yarmi)ning buyuk arboblari hisoblanadi. Bu davr adabiyotda slavyan xalqlarining birligi, chex xalqining huquqi, slavyanlar xalq ogʻzaki ijodiga murojaat, milliy madaniyatni yaratish uchun kurash gʻoyalari aks etdi. 1848–49 yil inqilobi taʼsiri natijasida adabiyotda milliy ozodlik gʻoyalari kuchaydi, ijtimoiy masalalarga eʼtibor oshdi. K. GavlichekBorovskiy va B. Nemsova Avstriya monarxiyasidagi ijtimoiy munosabatlarni tanqid qilib chiqdilar. Tanqidiy realizmning paydo boʻlishi, asosan, Ya. Neruda ijodi bilan bogʻliq. A. Stashek asarlari, A. Irasek, V.B. Trshebizskiy tarixiy nasri ijtimoiy romanning shakllanishida asos boʻldi. Sheʼriyatning ijtimoiy ahamiyati oshdi (S. Chex, Ya. Vrxlitskiy, Y.V. Sladek). 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida modernistik va dekadentlik oqimlari paydo boʻldi. 1920–30 yillarda yozuvchi Karel Chepek, 1940-yillarda shoir Yaroslav Zeyfert samarali ijod qildi. Urushdan keyingi davr adabiyotda antifashistik mavzu keng oʻrin egalladi. Bu sohada yozuvchilardan V. Rjezach, V. Nezval ijodi muhim oʻrin tutadi. 1960–80-yillarda Vatslav Gavelning Chexoslovakiya hayotini aks ettirgan dramalari, Milan Kunder, Bogumir Grabal kabi yezuvchilarning asarlari paydo boʻldi. Ammo adabiyotning asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini ijtimoiy va milliy ozodlik kurashi masalalari belgilab berdi (A. Matsek, P. Bezruch, A. Sova, Y.S. Maxar sheʼriyati, I. Olbraxt, Ya. Gashek, M. Mayerovalar ilk nasri).
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
Chexiyada paleolit davri haykalchalari, neolit davriga oid keramika va boshqa saqlanib qolgan. Katolitsizm qabul qilingach (865), Vizantiya, Gʻarbiy Yevropadagi kabi toshdan cherkovlar qurildi (StareMesto yaqinidagi ibodatxona xarobalari, 9-asr, Pragadagi avliyo Vita ibodatxonarotondasi, taxminan 930). 11 –13-asrlarda roman uslubi shakllandi. 13-asr oʻrtalari – 15-asr 1yarmida meʼmorlikda gotika sanʼati ravnaq topdi (Krshivoklatdagi qasr, 13–16-asrlar, Pragadagi avliyo Vita sobori sharqiy qismi). 16-asr 1yarmida Chexiya meʼmorligida Uygʻonish davri uslubi unsurlari paydo boʻldi (Pragadagi Belveder saroyi, taxminan 1536–36), 17-asrning 2yarmidan barokko uslubidagi saroylar kurila boshladi (KlamGallasov saroyi, taxminan 1713–25, meʼmor Y.B. Fisher fon Erlax). 18-asr oxiri – 19-asr boshlari meʼmorlikda klassitsizmdan soʻng eklektika ruhidagi "milliy romantika" yoʻnalishi qaror topdi (Pragadagi Milliy muzey, 1884–90, meʼmor Y.Shchults). 19-asr oxiri – 20-asr boshlari modern uslubi oʻrnini ratsionalizm egalladi. 1920– 30-asrlar meʼmorlikda funksionalizm milliy maktabi shakllandi (GradetsKralove shahridagi Y. Gocher inshootlari). Haykaltaroshlikda ham kjsak yutuklarga erishidpi. 1950-yillar Pragada yaratilgan chex xalkining milliy qahramoni Yan Jijka, rassom Y. Manes (ikkalasining haykaltaroshi B. Kaofka), Yan Gus (haykaltarosh K. Liditskiy), yovuzchi B. Nemsova (haykaltarosh K. Pokorniy) haykallari, V. Makovskiyning "Yangi asr" kompozitsiyasi diqqatga sazovor. 1945-yildan keyin turar joylar, jamoat markazlari, yangi maʼmuriy va madaniymaishiy binolar kurish avj oldi. Jumladan, Brno shahridagi xalqaro mashinasozlik yarmarkasi majmui (meʼmorlar 3. Aleks, F. Lederer), Yeshted togʻidagi teleminora va mehmonxona (meʼmorlar K. Gubachek, 3. Patrmak) va boshqalarni koʻrsatish mumkin. 1970–80-yillarda Pragada "Internatsional" mexmonxonasi (meʼmorlar K. Filsak, I. Shvets), "Kotva" univermagi (meʼmorlar V. va V. Maxoninlar) va Madaniyat saroyi (meʼmorlar Ya. Mayer, A. Marek, Ya. Kralik, V. Ustogal), Pragadagi uz. 485 m boʻlgan osma koʻprik (meʼmorlar V. Mixalek, S. Gubechka) yaratildi.
Chexiyada 7-asrda keramika, zargarlik buyumlari tayyorlangan. 11–13-asrlarda devoriy rasmlar, miniatyuralar paydo boʻldi. 13-asr oʻrtalari – 15-asr 1yarmida gotika uslubi ravnaq topdi. 14-asr 2yarmida portret yaratish sanʼati rivojlandi. 14-asr oxiri – 15-asr boshlaridan Chexiya tasviriy sanʼatida amaliybezak sanʼati (badiiy shisha, vitraj, mozaika, zargarlik buyumlari) keng yoyiddi. 17–18-asr tasviriy sanʼati barokko uslubida rivojlanishi bilan birga, unda realistik va demokratik yoʻnalishlar namoyon boʻldi. Bu davrda haykaltaroshlardan M.B.Braun va F. M. Brokof mashhur boʻlgan. 18-asr oʻrtalarida haykaltaroshlik va rassomlikda rokoko va klassitsizm unsurlari paydo boʻddi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida Chexiya sanʼatida klassitsizm va romantizm bilan birga realistik tendensiyalar yoyildi. Rassomlar milliy tarix, oʻlka tabiatini tasvirlash mavzuida asarlar yaratdilar. 19-asr oxirgi choragida rassom M. Alesh, haykaltarosh Y.V. Mislbek ijodi rivojlandi. Bu davrda grafika modern uslubida taraqkiy etdi, haykaltaroshlikda Ya. Shtursa asarlari ajralib turdi. 20-asr boshida avangardizm vakillari B. Kubishta, E. Filla, A. Proxaziya, Ya. Zrzaviy, R. Kremlichka ijod qildilar. 1918-yil mustaqil Chexoslovakiya respublikasi tashkil boʻlgach, milliy madaniyatni rivojlantirish imkoniyati paydo boʻldi. Koʻp avangardchi rassomlar oʻz asarlarida real voqelikni aks ettirdilar (V. Novak, O Kubin, Y. Chapek, V. Rabas). Ayrim rassomlar ishchilar sinfi kurashini haqqoniy tasvirladilar (K. Golan, K. Shtika rang-tasvir asarlari, K. Pokorniy, Lauda haykallari, F. Bidlo, V. Silovskiyning grafik asarlari). 20-asrning 20–30-yillarida chex sanʼatida ijtimoiytanqidiy yoʻnalish shakllandi. 1945-yil Chexoslovakiya nemisfashistlardan ozod etilgach, rassomlar E. Filla, A. Paderlik, V. Sedlichek, haykaltaroshlar V. Makovskiy, K. Liditskiy, K. Pokorniy samarali ijod qildilar. Bu davrda monumentalbezak sanʼati turlari rivojlandi. 1970–80 yillar sanʼatkorlari orasidan A. Zabravskiy, R. Kolarj, Y. Broj kabi rassom va grafiklarni, I. Maleyovskiy, M. Aksman kabi haykaltaroshlarni koʻrsatish mumkin. Bu davrda amaliybezak sanʼati turlari keng yoyildi (badiiy oyna, toʻquvchilik va hokazo).
Musiqasi
Chexiya musiqa madaniyati boy xalq ijodi – maishiy, mehnat, marosim qoʻshiq va raqslari asosida rivojlanib keldi. Cholgʻu asboblari – fuyar, volinka, nay, truba, sitra, arfa va boshqa 9-asrdan professional – diniy (cherkov) hamda dunyoviy musiqa ijodi taraqqiy etdi. 15-asrda bir ovozli "guschilar qoʻshigʻi", 16-asrdan polifoniya musiqasi rivojlandi (A. Mixna, Y. Rixnovskiy, Ya. Turnovskiy va boshqalar). 17–19-asrlarda koʻpgina chex kompozitor va sozandalari oʻz Vatanini tark etib boshqa mamlakatlarda samarali ijod kilishdi: Venada F. Tuma, Ya. Vanxel, V. Yirovets va boshqa, Parijda A. Reyxa, Italiyada B. Chernogorskiy, Y. Mislivichek, Germaniyada Ya. Zelenka, Mangeym maktabi vakillari va hokazo 1737-yil Pragada opera teatri, 1783-yil Nostitskiy milliy teatri, 1811-yil Pragada konservatoriya, 1831-yil organ maktabi, 1881-yil Milliy teatr ochildi. 1891-yil Chex kvarteti, 1901-yil Chex filarmoniyasi, 1920-yil Praga kvarteti, 1928-yil Praga puflama soz kvintetiga asos solindi. F. Shkroup chex tilidagi birinchi operani yaratdi (1826). B. Smetana va A. Dvorjak chex mumtoz musiqa maktabi asoschilaridir. 3. Fibix va L. Yanachek ularning izdoshlaridir. 19-asr oxiri – 20-asr 1yarmida I. B. Fyorster, V. Novak, Y. Suk, B. Martinu, V. VLeysek, O. Ostrchil kabi kompozitorlar samarali ijod qiddilar. Ijrochilar orasida dirijyor V. Talix, skripkachilar F. Laub, O. Shevchik, Ya. Kubelik, xonandalar V. Gesh, B. Benoni, K. Burian, E. Destinovalar ajralib turadi. 1930-yillarning oʻrtalaridan ilgʻor musikachilar antifashistik mavzuda asarlar yaratdilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin kompozitorlar jamiyatdagi oʻzgarishlarni aks ettirishga intildilar (V. Dobiash, E. Akeman, B. Martinu, K. Burian va boshqalar). 1960–80-yillarda kompozitorlardan Y. Pauer, V. Sommer, L. Jelezni, S. Gavelka, V. Kalabis mashhur boʻlgan. Smetana, Yanachek nomidagi torli kvartetlar, Y. Suk nomidagi torli trio shuhrat qozongan.
Teatri
16–17-asrlarda maktab teatri, ayniqsa, havaskorlik teatri koʻplab paydo boʻldi. 1737-yil Pragada birinchi doimiy teatr binosi – "Teatr u Kotsu" quriddi. 1786–89 yillar "Bouda" teatrida chex tilidagi truppa ishlay boshladi. 19-asr 1yarmida chex dramaturgiyasida Ya.N.Shtepanek (rejissor ham boʻlgan), V. Klitsper, Y.K. Til (professional teatrning rivojlanishida xizmati katta boʻlgan)ning asarlari paydo boʻldi. Y. Til 1824–34 yillarda chex truppasini, 1835–37 yillarda "Teatr u Kaetana" nomidagi havaskorlar jamoasiga rahbarlik qildi. 1862–83 yillar Pragada Muvaqqat teatr faoliyat koʻrsatdi. Bu teatrda aktyorlardan Y. Moshna (chex realistik aktyorlar maktabi asoschilaridan), Y. Bitner, Ye. Peshkova, K. Shimanovskiy, F. Kolar, rejissor lardan Y. Kolar, E. Xvalovskiy ishlagan. 1881-yildan "Teatr u Libushe" teatri ishlay boshladi. 1883-yil Pragada Chex milliy teatriga asos solindi (20-asrning 70–80-yillarida mamlakat teatr hayotining markaziga aylandi). 19-asr oxiri – 20-asr boshlari Lirik teatr (1911-yil asos solingan), Sanʼat teatri (1912–13) faoliyat koʻrsatdi, havaskorlik teatrlari koʻpaydi. Plzen, Brno va boshqa shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. 1919-yildan Brno, 1920-yildan Olomouts shahar teatrlari, 1933-yildan Pragada "D34" teatri ishlay boshladi. Bu davr teatr arboblaridan aktyorlar – V. Vidra, Ya. Shkoda mashhur boʻlgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Pragada Realistik teatr, Satira teatri tashkil etildi; 60–70-yillarda kichik tajriba teatrlari faoliyat koʻrsatdi. 1970–80 yillardagi aktyorlardan O. Kreycha, F. Smolik, Ya. Pruxa, 3. Shtepanek, B. Zagorskiy, rejissorlardan M. Mixachek, K. Paloush, K. Novak, hozirgi kompozitorlardan P. Eben, S. Gavelka, opera ijrochilari G. Benyachkova, E. Gruberova, P. Dvorskiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin.
Oʻzbekiston – Chexiya munosabatlari
1993-yil imzolangan "Savdoiqtisodiy va ilmiy texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida"gi hukumatlararo bitim ikki tomonlama savdoiqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1997-yil yanvarda Chexiyaga qilgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea boʻldi. Tashrif chogʻida bir qancha hujjatlar imzolandi. Bu hujjatlar orasida sarmoyalarni oʻzaro himoyalash va ragʻbatlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqaruvchi muassasalar va milliy banklarning hamkorligi toʻgʻrisidagi hujjatlar alohida oʻrin oladi. 1999-yilda esa, birdek manfaatdor hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya, avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni tashish toʻgʻrisida, 2000-yilda ikki tomonlama soliq solish va mulkdan keladigan daromaddan soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida bitim imzolandi. 2004-yil 1-maydan Chexiya Yevropa Ittifoqiga qoʻshilganidan keyin 1993-yilda imzolangan savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim oʻz kuchini yoʻqotdi. Shu munosabat bilan tomonlar 2004-yil 28-iyunda iqtisodiyot, sanoat va ilmiytexnikaviy sohalarda hamkorlik boʻyicha yangi bitimni imzoladilar. 2003-yil ikki tomonlama tovar aylanmasi 20,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Chexiyaga gazlama, yigirilgan ip, paxta momigʻi, jun, oshlovchi va boʻyovchi ekstraktlar, sut mahsulotlari chiqaradi. Chexiyadan mexanika va elektr jihozlar, doridarmon, qora metall va undan tayyorlangan buyumlar, qogʻoz va karton, kauchuk va rezina buyumlari va boshqa oladi. Oʻzbekistonda chexiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 30 korxona mavjud. Ular orasida Chexiya sarmoyasi 100% boʻlgan 2 korxona bor. Ular qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq isteʼmol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, doridarmon ishlab chiqarish sohalarida faoliyat koʻrsatadi. Tashqi iqgisodiy aloqalar agentligida Chexiyaning "Eri ell Korporeshn", "Mars SZ", "Tomas Praga", "CHKD Nove Energo", "AyveksChR", "Yason Travel", "Yansen" kabi kompaniyalari roʻyxatdan oʻtgan. Ikki davlat oʻrtasida materialshunoslik, mikroelektronika, yadro fizikasi, priborsozlik, mashinasozlik, tibbiyot va farmakologiya, shuningdek, intellektual mulkni muhofaza qilish huquqi boʻyicha ilmiytexnikaviy aloqalar rivojlanmoqda. 1994-yildan Liditse shahrida oʻtkaziladigan Jahon bolalar ijodi koʻrgazmasida Oʻzbekistondan ham bolalar ishtirok etadi. 1994– 2001-yillarda ular 41 ta mukofotga sazovor boʻldilar. UzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Chexiyaning "Xemapol", "Kovo", "Loxema" farmatsevtika firmalari bilan hamkorlik qiladi.
Chexiya (chex.: Česko, talaffuzi: Chesko),
Chex Respublikasi (chex.: Česká republika (ČR), talaffuzi: Cheska republika) markaziy Yevropadagi davlat. Poytaxti Praga shahri. Chexiya gʻarbdan Germaniya (810 km.), shimoldan Polsha (762 km.), sharqdan Slovakiya (252 km.) va janubdan Avstriya (466 km.) davlatlari bilan chegaraga ega. Chexiya 3 ta yirik tarixiy viloyatlarga boʻlinadi – Chex, Morava va Slezska. Chexiya 10 milliondan ortiq (2008) aholiga ega.
Barchamizga maʼlumki, Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan, rivojlanib kelayotgan yosh mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada ushbu davlatning bu kunga qadar bosib oʻtgan yoʻllari va bugungi kundagi istiqbollari haqida gap boradi. Bunda Chexiyaning qanday mustaqil davlatga aylangani, sobiq Chexoslovakiya tarkibida boʻlganda qanday amaliy kasb etganligi koʻzda tutilgan.
Ushbu maqolada bundan tashqari, Chexiyaning xalqaro munosabatlar sub’yekti sifatida namoyon boʻlishi, boshqa davlatlar, xususan Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalari toʻgʻrisida soʻz yuritilgan.
Maqolaning maqsadi shundan iboratki, u Markaziy Yevropa mintaqasiga kiruvchi kichik davlat-Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining yangi yoʻnalishlarini tahlil qiladi. Postsovet hamjamiyati davlatlari, jumladan Chexiya bilan bevosita bogʻliq XX asr oxirlaridagi oʻzgarishlardan keyin bu davlatlarning Yevropa va transatlantika strukturalariga integratsiyalashuv jarayoni boshlandi.
Xullas, Chexiya Respublikasining bugungi kunga qadar bosib oʻtgan barcha rivojlanish yoʻnalishlari yoritib berilgan.
Shu oʻrinda men Chexiya Respublikasining 1- Prezidentining quyidagi soʻzlarini keltirib oʻtmoqchiman: „Har bir koʻchada ikkitadan non doʻkoni, bir juft shirinliklar doʻkoni, ikkita pivo bari va koʻplab magazinlar boʻlishi lozim, asosiysi ularning hammasi xususiy boʻlishi kerak.“
Tarixi
Chexiya Respublikasi tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, chex yerlari dastlab IX asr oxirida, bu yerlar birlashgan vaqtdan beri maʼlum. Oʻsha davrlarda Chexiya qirolligi sezilarli darajada kuchga ega edi, lekin diniy konfliktlar (XV asrdagi gusit urushlari va XVII asrdagi oʻttiz yillik urush kabilar) qirollikni barbod qildi. Keyinchalik u Gabsburglar taʼsiriga tushadi va Avstriya-Vengriyaning bir qismiga aylanadi.
Chexiyaning davlat sifatida shakllanishi 9-asr ikkinchi yarmiga borib taqaladi. 1526–1918-yillarda Chexiya Avstriya monarxiyasi. I – Jahon Urushidan keyin bu davlatning barbod boʻlishi natijasida Chexiya, Slovakiya va Karpat rusi birlashdilar va mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tuzdilar. Bu voqea Antanta davlatlarining aktiv qoʻllab – quvvatlashi bilan 1918-yil noyabrda yuz berdi. Chexiya Respublikasining 1 – Prezidenti etib Tomash Garrig Masarik saylandi. Bu davlatda yetarli darajada nemis millatiga mansub kishilar istiqomat qilishgan va bu narsa Chexoslovakiyaning qaytadan shakllanishiga sabab boʻldi. Oʻshanda Germaniya 1938-yil Myunxen bitimiga binoan Sudet viloyatini anneksiya qilishga erishdi va bu Slovakiyaning ajralishiga olib keldi. Chexiya hududi esa Germaniya tomonidan 1939-yil okkupatsiya zonasiga aylantirildi(Bogemiya va Moraviya protektoratlari).
II – Jahon Urushidan Chexoslovakiya Sovet ittifoqi taʼsiriga tushadi. 1968-yilda Aleksandr Dubchek boshchiligidagi mamlakat liderlarining partiya boshqaruvini liberallashtirishga va " Praga bahori " inqilobi paytida „insoniy shaxs sotsializmini“ qurishga urinishlari Varshava Shartnomasiga binoan armiya hujumlari bilan tugadi.
1989-yili Chexoslovakiya “ Baxmal “ revolyutsiyasi oqibatida rivojlanishning sotsializm yoʻnalishidan voz kechdi. 1993-yil 1- yanvarda mamlakat tinch yoʻl bilan 2 qismga boʻlindi va Chexiya va Slovakiya mustaqil Respublikalari tashkil topdi.
1918 – 1992-(ikkinchi jahon urushi davridan tashqari) yillarda esa Chexoslovakiya davlati tarkibida boʻlgan. 1969 yil 1-yanvarda rasman suveren davlat sifatida Chexoslovakiya sotsialistik respublikasi tarkibida federativ Chexiya sotsialistik respublikasi (1990 yildan boshlab Chexiya respublikasi) tashkil topgan. 1993-yil 1-yanvardan boshlab Chexiya mustaqil davlat deb eʼlon qilindi; shuningdek shu kundan boshlab Chexiya respublikasi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
Chexiya suveren, demokratik va parlamentli respublikadir. Davlat boshligʻi prezident. Ikki palatali qonun chiqaruvchi davlat organiga ega. Chexiya NATO va Yevropa Ittifoqi aʼzosi.
Maʼmuriy boʻlinishi
Chexiya 13 ta (kraj) viloyatga boʻlinadi:
Geografiyasi
Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan davlat hisoblanadi. Shimolda Polsha, shimoli-gʻarb va gʻarbda Germaniya bilan, janubda Avstriya bilan va sharqda Slovakiya bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi – 1880 kmga teng. Mamlakatning nomlanishi chex qabilalari nomidan kelib chiqqan. Poytaxti boʻlmish Praga shahri turistlar tashrif buyuradigan va mamlakatning eng katta shaharlaridan biridir.
Chexiya 2 ta tarixiy hudud – Sileziya va Moraviya hududlarining qoʻshilishidan tashkil topgan. Chexiya 13 ta oʻlka (viloyatdan) iborat. Maydoni 78,9 ming km² ni tashkil qiladi. Landshaftlari turli xil koʻrinishga ega. Gʻarbiy qismida (Bogemiya) mamlakatning eng baland nuqtasi 1602 m balandlikdagi Snejka togʻi joylashgan. Sharqiy qismi – Moraviya ham anchagina adirlarda va asosan Marx daryosi qoʻynida joylashgan hamda Oder daryosi irmoqlarini oʻz ichiga oladi. Dengizga chiqa olmaydigan Chexiya hududidan daryolar 3 ta dengizga borib quyiladi: Shimoliy, Boltiq va Qora dengizlar.
Chexiya aholisining asosini etnik chexlar va gʻarbiy slavyan tillari guruhiga mansub chex tilida gaplashuvchilar tashkil qiladi. Chet ellik fuqarolar mamlakat aholisining 4 % ini tashkil qiladi. Chexiyada immigrantlar orasida eng koʻp diasporani ukrainlar tashkil qiladi. Undan keyingi oʻrinlarda slovaklar, Vyetnam, Rossiya va Polsha fuqarolari turadi. Boshqa etnik guruhlarga esa nemis, sigan, vengr va yahudiylar kiradi. Chexiya va Slovakiya oʻrtasidagi chegara sobiq Chexoslovakiya fuqarolari uchun ochiq.
Mamlakatdagi yagona megapolis shahar Praga hisoblanadi. U yerda 1,118 ming aholi yashaydi. 2008-2009-yilgi iqtisodiy inqiroz munosabati bilan Chexiya xorijlik ishchilari sonini kamaytirishga yoʻnaltirilgan chora- tadbirlar koʻrmoqda.
Shunisi maʼlumki, Chexiya fuqarolarining 59 % Xudoga ishonmaydi, yaʼni ular ateistdir. Eng koʻp dinga sigʻinuvchilar katolik oqimini(26,8 %) va protestantlik oqimini (2,5 %) tashkil qiladi. Pravoslavlik oqimiga sigʻinuvchilar esa 3 %.
Oʻziga xos ustun tomonlari
Chexiya Respublikasi – industrial mamlakat hisoblanadi. Mamlakatdagi asosiy yetakchi tarmoqlar – yonilgʻi-energetika, metallurgiya, mashinasozlik, kimyoviy, yengil va oziq – ovqat sanoati hisoblanadi. Postkommunistik davlatlar orasida Chexiya eng barqaror va muvaffaqiyatli iqtisodiy tizimga ega davlatdir. Aholi fon boshiga Yalpi Ichki Mahsulot tayyorlash boʻyicha Sharqiy Yevropa mamlakatlari ichida 1 – oʻrinda turadi.
1995-yilda Chexiya sobiq kommunistik davlatlar orasida birinchi boʻlib “ Iqtisodiy hamkorlik va Rivojlanish tashkilotiga ” aʼzo boʻldi.
Chexiya pul birligi krona hisoblanadi. U 1995 – yilda muomalaga kiritilgan.
2004-yil 1- mayda Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar qatoridan joy oladi va unga aʼzo boʻlgan kundan boshlab uning iqtisodiy oʻsish su’rati ancha koʻtarildi. Bugungi kunda Chexiya YIMi 211,698 mlrd.ni tashkil qiladi.
Qora metallurgiya va harbiy sanoat avtomobil va elektrotexnika sanoati hisobidan oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Tashqi savdo saldosi boʻyicha mamlakat aholi jon boshiga dunyoda Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiyadan keyingi oʻrindi turadi.
Chexiya Respublikasi Sharqiy Yevropa mamlakatlari orasida birinchilardan boʻlib keng koʻlamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirgan, iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlari boʻyicha oʻz mintaqasida etakchi oʻrin egallab turgan davlatdir.
Chexiyaning [["Eriell Korporeshn", „Marts TsZ“, „Tomas Praga“, „ChKD
Nove Energo“, „Ayveks-ChR“, „Yason Trevel“, „Yantsen“]] kabi kompaniyalari hozirgi kunda jahonning eng samarali va kuchli kompaniyalaridandir.
Chexiyaning "Cheshka Sporitelna", "Investichni a postovni bank", "Komerchni bank", "Chek eksport bank" kabi banklari butun dunyoda mashhur va deyarli barcha davlatlaridagi banklar bilan oʻzaro aloqa oʻrnatgan, xususan Oʻzbekiston Respublikasi banklari bilan ham.
Tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Konstitutsiyaga muvofiq Chexiya parlamentar Respublika hisoblanadi. Davlat boshligʻi (Prezident) bilvosita parlament tomonidan 5 yilga saylanadi. U ichki va tashqi siyosat yoʻnalishlarini aniqlaydigan bosh vazirni tayinlaydi. Chexiya parlamenti 2 palatali: deputatlar palatasi va senatdan iborat.
Chexiya Respublikasi xalqaro munosabatlarda Markaziy Yevropada demokratik va siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, barqaror davlat pozitsiyasidan maydonga chiqadi. U nafaqat oʻzining uzoq muddatli manfaatlarini himoya qiladi, balki Yevropa va butun jahon hamjamiyati rivoji uchun javobgarlik hissini oʻziga oladi.
Chexiya Respublikasi sobiq Chexoslovakiya xalqaro ahvollarining barcha ijobiy tomonlariga tayanadi. Bunda unga federatsiyaning tinchlik yoʻli bilan boʻlinishi yordam berdi.
Chexiya Respublikasi oʻzining tashqi siyosatini olib boradigan xalqaro hamjamiyat xalqaro tashkilotlarga integratsiyaning turli darajasi bilan davlatlar birlashuvini, suveren davlatlar oʻzaro hamkorligi natijasi hisoblanadi.
Sovuq urush tugaganidan va ikki qutblik dunyoning barbod boʻlishidan soʻng xavfsizlik bilan bogʻliq holatlar, jahon iqtisodiyotining globalizatsiya va liberalizatsiya jarayonlari, davlatlarning bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqligining yuksalishi, fan va texnika rivojlanishi natijasida xalqaro tashkilotlar va integratsion birlashmalar doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ahamiyati sezilarli darajada oʻsdi.
Asrlar davomida Markaziy Yevropa mamlakatlari global jahon siyosati sub’yekti emas, balki ob’yekti boʻlishgan. Bunga sabab bu mintaqa mamlakatlari qulay geografik mintaqada joylashgan. Ikkala Jahon urushlari ham ushbu mintaqada boshlandi, chunki unda jahonning eng yirik davlatlari oʻrtasidagi ziddiyatlarning liniyasi aks etadi.
Chexoslovakiya Federativ Respublikasi qulaganidan soʻng (1993-yil 1- yanvar) Chexiya va Slovakiya jahon siyosiy xaritasidan yangi davlatlar qatoridan oʻrin oldi. Asosiy geografik xarakteristikasini hisobga oladigan boʻlsak, ikkala davlat ham Kichik Yevropa davlatlari kategoriyasiga mansub. Kichik davlatda kuch ishlatish pozitsiyasi nuqtai nazaridan katta salohiyati boʻlmaydi, shuning uchun u koʻproq asoslangan va oʻylangan tashqi siyosiy va geopolitik strategiya qoʻllashi lozim.
Chexiya Respublikasining zamonaviy tashqi siyosati bir necha faktorlar taʼsiri ostida shakllandi. Ulardan eng muhimi Yevroatlantika integratsiyasi hisoblanadi. Bu oʻrinda 3 ta katta bosqichni aytib oʻtish lozim:
Birinchi bosqich (1993 – 1997 – yillar). Xalqaro munosabatlarning sub’yekti sifatida yangi Chexiya mamlakatinig paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Bu davrda boshqaruvchi siyosiy elitalarning ideologik qarashlari asosan tashqi siyosat kurslariga taʼsir koʻrsatdi.
Ikkinchi bosqich (1997 – 2003 – yillar). Bunga Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha rivojlanishning jadallashuvi xosdir. Chexiya Respublikasi tashqi siyosat kursiga taʼsir ancha susaydi. Chexiya xalqaro aloqalarining bayon etilgan koʻp tomonlama ekanligiga qaramasdan, Yevroatlantik strategiyasi bugun ham ustun kelmoqda.
Uchinchi zamonaviy bosqich (2003 – yildan buyon). Chexiya tashqi siyosatini konsepsiyalashni, uzoq muddatli istiqbollar va qisqa muddatli rejalar qatori qurishni koʻzda tutadi.
Tashqi siyosatni olib borishda asosiy oʻrinni bosh vazir va tashqi ishlar vaziri egallaydi. Rasman oxirgi qaror Prezidentga tegishli boʻlsada, boshqaruv shakli nuqtaʼI nazaridan toʻgʻri kelmaydigan davlat boshligʻining qarashlari koʻpincha inobatga olinmaydi. Aynan shuning uchun ikkala Chexiya Respublikasi Prezidentlari Vatslav Gavel (1993-2003) va Vatslav Klaus (2003-yildan buyon) kamdan – kam muhim tashqi siyosiy masalalar boʻyicha umumiylikka murojaat qilishgan. Bundan tashqari Chexiya tashqi siyosatida yana bir oʻziga xos tomon bor : U nihoyat darajada jonlantirib koʻrsatiladi.
Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirining dasturiy bayonotiga muvofiq tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olingan:
Bu kabi ustuvor yoʻnalishlarga muvofiq tashqi siyosatning bir necha geostrategik yoʻnalishlari ham belgilangan:
Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada oʻzini oʻnglab olishi uchun unga YI, AQSH va Rossiya bilan mustahkam aloqalar zarur. Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining muhim aspektlari boʻlib iqtisodiy diplomatiya va xorijda mamlakatni shunday ataladigan namoyishi ataladi.
2003 – yilgi konsepsiyaga muvofiq ikki tomonlama va koʻp tomonlama munosabatlarda iqtisodiy diplomatiyanig parametrlari biroz cheklanadi. Biroq mamlakatni namoyish etishning istiqbolli metodi sifatida nohukumat darajada xalqaro hamkorlik ajralib turadi.
2005 – yilgi konsepsiya Chexiya Respublikasini xorijda yanada toʻliqroq namoyish etish masalalarini ochib beradi. Bunda chet el investitsiyalarini jalb etishni oshirish 1-navbatda turizm sektorini koʻzda tutadi.
Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining yangi bosqichida bir necha ichki ziddiyatlarni qayd etish mumkin. „Markaziy Yevropada“ tashqi siyosiy "Vertikal qurishga " urinish hozircha ancha muvaffaqiyatsiz.
AQSH tomonidan Chexiya va Polsha hududida raketa hujumidan mudofaa tizimi qurilishi toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan ilk paytlardayoq ushbu tashabbus qizgʻin munozaralarga sabab boʻlmoqda. Rossiya ushbu harakat ortida mintaqa xavfsizligi uchun katta bir xatarni koʻrdi. Rasmiy Vashington esa bu bor-yoʻgʻi raketa hujumi ehtimolida qoʻllanadigan tizim ekanini bildirdi.
Oxir-oqibat, ushbu tashabbus har ikki davlat – Polsha va Chexiya tomonidan ham qoʻllab-quvvatlandi. Ayni paytda mudofaa borasida koʻp tomonlama siyosat olib borishga urinayotgan Chexiya rahbariyati oldida ana shu muhim masalada qatʼiy toʻxtamga kelish, milliy mustaqillik va xavfsizlik oʻrtasidagi oltin oʻrtaliqni topish vazifasi koʻndalang turibdi.
Xalqaro tashkilotga aʼzoligi
Chexiya Respublikasi siyosiy, gumanitar iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan barcha muhim regional tashkilotlar aʼzosi hisoblanadi. 90 – yillar boshlarida Varshava Shartnomasi va Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi qulaganidan soʻng Markaziy Yevropa mamlakatlari oʻz mintaqasi doirasida Yevropa Ittifoqiga keyingi integratsiyalar maqsadida ichki integratsiyalarni oʻtash zarurligini yaxshi angladilar.
Aniq siyosiy xarakterga ega "Vishegrad gruppasi" ga 1991 – yil 15 – fevralda Polsha, Vengriya va sobiq Chexoslovakiya Respublikasi tomonidan tashkil qilindi. Bu umumiy manfaatlar sohasidagi hamkorlik boʻyicha mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Asosiy maqsad Markaziy Yevropaning erkin savdo hududini yaratish. Bundan tashqari bu tashkilot madaniyat, sanʼat, taʼlim va texnik sohalarni ham qamrab oladi.
1992-yilda Erkin savdo toʻgʻrisidagi Markaziy Yevropa shartnomasi (CEFTA) tuzildi. Maqsad – shu mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro iqrisodiy munosabatlarni liberalizatsiyalashdan iborat. Bugungi kunda asoschi davlatlardan tashqari (Vishegrad guruhi) Sloveniya, Bolgariya va Ruminiya kiradi. Bu shartnoma ochiq hisoblanadi unga aʼzo boʻlish uchun belgilangan shartlarni bajargan har qanday xohlagan davlatga imkon beradi. Markaziy va umumyevropa integratsiya yoʻnalishidagi bu davlatlar faolligiga qaramasdan ulardan har biri oʻzining milliy manfaati yoʻlida mustahkam turadi. Baʼzida ular oʻrtasida qandaydir raqobatni sezish mumkinki, ularning Gʻarbiy Yevropa strukturasiga integratsiya jarayoning 1-davrlarida aks etdi.
Yevropa Ittifoqiga aʼzolik
1993-yilda Chexiya Respublikasi Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish istagini bildirgan. Aʼzolikka rasmiy arizasi 3 yildan keyin taqdim etildi. 2004-yil 1 – mayda Chexiya Respublikasi 9 ta nomzod mamlakatlar qatori Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlishga muyassar boʻldi va bu bilan aʼzo mamlakatlar soni 15 tadan 25 taga koʻpaydi.
Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish bilan bir vaqtda Chexiya Respublikasi Shengen bitimini ham imzoladi va 2007-yil 21-dekabrdan Chexiyaning quruqlikdagi hamda 2008-yil mart oyi oxirlaridan xalqaro aeroportlarda ham chegara nazorati bekor qilindi.
Chexiya Respublikasi uchun Yevropacha yoʻnalish 1-darajada turadi. U oʻz oldiga YI ga toʻla huquqli aʼzolikka erishish vazifasini qoʻygan. Mirek Topolanek hukumati Shengen zonasiga kirgandan soʻng, qisqa muddat ichida Chexiya Respublikasi maʼmuriy amoliyotini muvofiqlashtirish majburiyatini olgan edi. Chexiya Respublikasining Yevropa siyosatini bugungi kunda 2006-2007-yillar Tashqi Ishlar Vaziri boʻlgan Vitsepreizdent – Aleksandr Vondra oʻtamoqda.
Chexiya Respublikasi 2009-yil boshidan 6 oy muddatga YI kengashi rais davlati boʻldi.
Chexiya Respublikasi, Yevropa ittifoqi davr rahbarligini Fransiyadan davr oldi. Chexiya Respublikasi davlat rahbari Vatslav Klus, 6 oy mudatlik Yevropa ittifoqi davr rahbarligini yuritadi. Chexiya Respublikasi, vazifani 7-Yanvar kuni rasmiy marosim bilan Fransiyadan davr oladi. Yevropa ittifoqi davr rahbarligini Fransiyadan davr oladigan Praga boshqaruvi, davr rahbarligi boʻyicha, „kurraviy moliyaviy inqiroz“, „energiya“ va „tashqi aloqalar“ mavzulari ustida toʻxtalishi kutilmoqda.
Chexiya Respublikasi raislik vazifalari hukumat dasturida toʻliq va aniq koʻrsatilgan:
Yevropa İttifoqi Davr Raisi Chexiya Respublikasi Tashqi İshlar Vaziri, Karel Schwarzenberg, Turkiya Yevropa İttifoqi aʼzoligini qoʻllab- quvatlaganligini bildirdi. France 24 Kanalining savollariga javob bergan Schwarzenberg, Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozyning nazariyalariga qoʻshilmaganliklarini bildirib, "Chexiya Respublikasi sifatida bizning rasmiy uslubimiz, Turkiyani Yevropa İttifoqiga aʼzo boʻlishi deb " aytganligini yozmoqda. Chexiya Tashqi İshlar Vaziri, AQSH Prezidentining Turkiyani Yevropa İttifoqi aʼzoligiga bergan himoyasi mavzusida esa, „ Yevropa İttifoqi bilan tegishli qarorlar Yevropa İttifoqi ichida olinadi. Baʼzan tashqaridan qilingan ijobiy talqinlar ham aksi jihatdan natija berishi mumkin“ dedi.
Chexiya Respublikasi raisligi uchun " Yevropa toʻsiqlarsiz " shiori tanlandi. Biroq Lissabon strategiyasini amalga oshirish aniq muammoga aylandi. Prezident Vatslav Klaus Lissabon shartnomasiga qarshi parlamentda uni rad etishni va konstitutsion sudga yoʻnaltirishni bildirdi.
Aslida Yevropa umumiy konstitutsiyasi proekti 2005-yil fransiya va Niderlandiyadagi umumiy saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Undan soʻng 2008-yilda Irlandiyada shunday ahvol kuzatildi. 2009-yilfa esa Irlandiya bunga roziligini berdi. Keyingi yillarda chexiya ham oʻz noroziligini bildirdi va nihoyat 2009-yilning noyabr oyi boshida Chexiya Respublikasi Prezidenti V. Klaus Lissabon Shartnomasini oxirgi boʻlib ratifikatsiya qildi va u 1-dekabrdan kuchga kirdi.
Chexiyaning Yevropa valyutasiga oʻtish masalasini koʻradigan boʻlsak, Chexiya prezidenti Vaslav Klaus 2007-yil 27-aprelda bu masala yuzasidan referendum oʻtkazishga chaqirdi.
Klausning fikricha, referendumda Chexiya aholisining koʻpchiligi milliy valyuta – kronadan voz kechishga xohish bildirgan taqdirda mamlakat yevro hududiga kirishi kerak. Chexiyada chiqadigan qator gazeta va jurnallar sahifalarida Klausning shu mavzudagi maqolasi chop etildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: „Har qanday milliy valyuta davlatning muhim ramzidir. Mazkur ramzdan voz kechish masalasini faqat mamlakat fuqarolari hal qiladi“.
Xabarlarga koʻra, Chexiya moliya vazirligi mamlakatning yevro hududiga oʻtish muddatini 2012-yilga belgilamoqda.
BMT ga aʼzoligi
Bizga maʼlumki, BMT I-Jahon Urushidan keyin tasdiqlangan Millatlar Ligasi faoliyatini davom ettirdi. 1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskodagi Chexoslovakiya vakolatxonasi 49 davlat bilan birgalikda BMTning Nizomini imzoladi.
Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OECD)ga aʼzoligi
1995-yil 21-dekabr, Chexiya Respublikasi rasman bu tashkilotga aʼzo boʻldi, biroq unga aʼzo boʻlish harakati bir necha yil avval boshlangan edi.
NATO ga aʼzoligi
1999-yil 12-mart Chexiya Respublikasi NATO xavfsizlik tizimiga aʼzo boʻldi. Unga aʼzo boʻlishga qadar davlat birlashgan delegat maqomiga erishgan edi va tashkilotning „Tinchlik uchun sherikchilik“ dasturiga qoʻshildi.
AQSH bilan bir necha harbiy-siyosiy oʻzaro faoliyat chizigʻiga ega munosabatlar asosiy oʻrinni egallaydi: NATO doirasida sherikchilik Afgʻoniston va Iroq missiyalarida ishtirok etish va terrorizmga qarshi kurash. NATOga aʼzo boʻlgach Chexiya Respublikasi Ittifoq bayrogʻi ostida xorijiy harbiy va insonparvarlik missiyalariga qatnashib kelmoqda. Chexiya askarlari bugungi kunda NATO buyrugʻi ostida Kosova va Afgʻonistonda ish yuritmoqda. Chexiya harbiy missiyasi Afgʻonistonfa 2002-yildan amalga oshirilmoqda. Ularning asosiy vazifalari radio-kimyoviy himoya bilan bogʻliq. Iroqda ham 2003 – yil mart oyidan chex askarlari harbiy ob’yektlarni himoyalash funksiyasini oʻtamoqda.
Vashington bilan iki tomonlama munosabatlar oxirga paytda ikki muhim mavzuda namoyon boʻlmoqda: AQSHning raketa hujumidan mudofaa tizimini joylashtirish va Chexiya fuqarolarinign AQSH ga chqishda viza tartibining bekor qilinishi bilan bogʻliq.
Viza muammosi yetarli darajada muvaffaqiyatga erishdi. Lekin Yevropaning koʻpgina siyosatshunos olimlari Chexiya Respublikasi tashabbusini umumyevropa birdamligini buzish deb qaramoqda. 2008 – yil noyabr oyidan boshlab Chexiya Respublikasi fuqarolarida AQSH ga chiqish uchun viza olishga hojat qolmadi.
Vashington 2007 – yil yanvarda rasman mamlakatda raketa hujumidan mudofaa tizimini joylashtirish taklifi bilan Chexiya Respublikasi hukumatiga murojaat qilgan edi. Muzokaralar jarayonida shu narsa aʼyon boʻldiki Chexiya Respublikasi fuqarolarining katta qismi bu gʻoyani qoʻllamasligiga qaramasdan, Chexiya Respublikasi hukumati Vashingtonga yon berishga intilmoqda.
Chexiya hududida AQSH harbiy bazasini bunyod etilishi mamlakatning milly suverenitetiga daxldor boʻlgan masaladir. Bu muhim savollarga esa odatda referendum yoʻli bilan javob topilishi lozim.
Rossiya va boshqa MDH mamlakatlari bilan munosabatlar „muhim“ deb qaraladi, lekin ular ustuvor deb eʼtirof etilmaydi. Rossiya, Ukraina va boshqa MDH davlatlari bilan harbiy – strategik masalalarni Chexiya NATO va OSCE
(Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) doirasida muhokama qiladi.
Rossiya bilan munosabatlardagi eng muhim masalalar keyingi kelajakda " Radar muammosi "dagi qarama-qarshiliklar va Kavkazdagi mojarolarni hal qilish boʻlib turibdi.
AQSh prezidenti Barak Obama Jorj Bush davrida ishlab chiqilgan reja – Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi oʻrnatish qarorini oʻzgartirib, Chexiya va Polshada bunday yirik qurilmalar oʻrnatilmaydi demoqda.
Amerika muqobil usullar ustida oʻylanmoqda. Obamaning aytishicha, AQSh va Yevropa birinchi navbatda qisqa va oʻrta masofaga uchadigan raketadan himoyalanishi kerak. Eron aynan shu xildagi qurolni sinovdan oʻtkazgan.
Bush paytidan qolgan loyihaga qarshilik bildirib kelgan Rossiya Obamaning qaroridan mamnun.
AQSh Mudofaa vaziri Robert Geytsning aytishicha, Yevropa shimoli va janubida (Polsha va Chexiyada) sensor va raketani nishonga oluvchi qurilmalar joylash, shuningdek dengiz kuchlarini ishga solish muhokamada.
Oʻz navbatida AQSh va Rossiya generallari Vashingtonning Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish rejasini muhokama qilishda davom etmoqda.
Rossiya tizim unga qarshi qaratilgan degan fikrda. Amerika esa tizimdan maqsad Erondan Yevropaga chiqarilishi mumkin boʻlgan raketa hujumi ehtimolining oldini olishdan iborat, deydi.
AQSh taklif qilayotgan raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi Polsha va Chexiyada oʻrnatiladi. Tizim sobiq Sovet Ittifoqi chegaralari yaqinida joylashadi.
Rossiya strategik raketa kuchlari qoʻmondoni general Nikolay Solovsov tizimni Rossiyaga tahdid deb biladi.
Agar Polsha va Chexiya hukumatlari AQSh tizimining oʻz hududida joylashtirilishiga ijozat bersa, Rossiya mazkur davlatlarni potensial nishon sifatida koʻradi, deydi general.
AQSh Davlat kotibi Kondoliza Rays general Solovsovning mulohazalarini „nooʻrin“ deb atadi.
„Menimcha, Eron yadro dasturi kasb etgan xavf barchaga ravshan. Shunga yarasha chora koʻrilishi tabiiy. Biz oʻz xavfsizligimizni taʼminlamoqchimiz“, dedi Kondoliza Rays.
Agar Eron Amerikaga qitʼalararo raketa hujumini amalga oshiradigan boʻlsa, Polsha va Chexiya raketani urib tushirish uchun eng qulay joy hisoblanadi.
AQSh raketa mudofaasi agentligi direktori general-leytenant Genri Oberingning soʻzlariga qaraganda, mudofaa tizimi oʻz ichiga Yevropada 10 ta, Alyaskada 40 ta va Kaliforniyada 4 ta raketa urib tushirish moslamalarini oladi.
„Qurilish ishlari taxminan 3-4 yil oladi“, deydi AQSh generali.
AQSh rasmiylarining taʼkidlashicha, Rossiya Qoʻshma Shtatlarning bu rejalaridan ancha avval xabardor qilingan va Vashington bu masalada Moskva bilan muzokara qilishda davom etadi.
Qoʻshma Shtatlar Rossiyaning Polsha yaqinida qisqa masofali ballistik raketalar oʻrnatish rejasiga norozilik bildirmoqda. Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning aytishicha, Rossiyaning bu harakati AQShning Polsha va Chexiyada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini oʻrnatish rejasiga javobdir.
Dmitriy Medvedev Rossiya raketalarini Kaliningradda, Polsha va Litva chegarasiga yaqin joyda oʻrnatmoqchi. Nishonni 300 kilometrgacha boʻlgan masofadan turib urib tushiradigan „Iskandar“ deb nomlanuvchi bu raketalar AQSh mudofaa tizimiga qarama-qarshi qoʻyilmoqda. Bundan tashqari, deydi Medvedev, AQShning Chexiya va Polshadagi tizimiga Rossiya elektron toʻsiq qoʻyishga harakat qiladi.
Davlat departamenti soʻzlovchisi Shon Makkormakning aytishicha, AQSh tizimi Rossiyaga qarshi qaratilgan emas va Kreml buni tushunishi kerak.
"Rossiya qaroridan norozimiz. Chunki Chexiya va Polshadagi mudofaa tizimi Eron kabi davlatlar hujumidan himoya qilishga qaratilgan. Rossiya tizimdan xavotirlanmasa ham boʻladi, chunki u Polshaga qoʻyiladigan oz sonli raketalarni bemalol urib tushira oladi, " deydi Makkormak.
Pentagon rasmiylari Kremlni tinchlantirishga urinib, Rossiyaga oʻz mudofaa tizimini nazorat qilishni taklif qilganini taʼkidlaydi.
Havolalar
uz.wikipedia.org