CHECHENLAR
CHECHENLAR (o’zlarini noxchiy deb atashadi) — asosan, Checheniston va Ingushiyadagi xalq (734,5 ming kishi). Rossiya Federatsiyasida jami — 899 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Chechen tilida so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Chechenlar qardosh ingushlar kabi shimoliy Kavkazning tub aholisi hisoblanadi. 7-asr arman manbalarida naxchamatyan nomi bilan qayd etilgan. Chechenlarning an’anaviy mashg’uloti — pasttekisliklarda dehqonchilik, tog’larda chorvachilik. An’anaviy hunarmandchilik (kulolchilik, qurol yasash, zargarlik) taraqqiy etgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz