CHECHAKTEPA — turkiy qavmlarga tegishli qadimgi mudofaa inshooti (milodiy 4-asr oxiri —8-asr o’rtasi). Qashqadaryo viloyatidagi Qizildaryo va Tirnasoy sohillarida joylashgan. Arxeologik qazishmalar (G.Ya. Dresvyanskaya, V. Ya. Marchuk) natijasida Chechaktepadan hokim urka Vartarmuk (7-asr oxiri — 8-asr boshi), Alash’os ibn Yahyo (761-762) tangalari, shuningdek, ko’plab sopol idishlar (xumlar, ko’zalar, qadahlar, qozonlar), shisha buyumlar topilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish