Chayonlar o’z-o’ziga nish sanchishi mumkinmi?
O’lim chohiga yaqinlashib qolgan chayonning o’lim azobidan tezroq qutulishi uchun o’z-o’ziga nish sanchgani to’g’risidagi afsona ko’p xalqlarga ma’lum. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, bu xayoliy mubolag’a emas, balki hamma tirik organizmlarga xos tabiiy muhofaza reaksiyasi ekan. Mashhur fransuz entomologi Jan Anri Fabr chayonlar xulq-atvorini tadqiq etib, chor tarafi yonayotgan ko’mir bilan o’rab qo’yilgan chayonning dastlab o’z zaharli bezini g’azab bilan sochgancha zir aylanib yugurgani, so’ng to’satdan qotib qolgani va teginilsa ham hech narsaga e’tiborsiz qolganini kuzatgan. Hasharotlarning go’yo o’z-o’zini o’ldirishi haqidagi tasavvur, mana, qayerdan paydo bo’lgan. Aslida chayon issiqqa bardosh berolmagan va katalepsiya (qattiq asabiylashish va hayajondan taxta bo’lib qolish) ga tushib qolgan. Bu hol insonni oftob urganda behush bo’lib qolishi bilan bir xil. Maboda chayon sovuq joyga olib borib qo’yilsa, u yaxlab jonga kiradi va hech narsa ko’rmaganday yana o’rmalab ketaveradi. Bu reaksiya chayonning issiq tropik va subtropik o’lkalarda yashashi bilan bog’liqdir. Tadqiqotchilar aniqlashicha, kunlar behad isib yoki keskin sovib ketganda chayon iniga kirib, uzoq vaqt karaxt bo’lib yotadi.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Uzpedia.uz