CHAYONLAR



CHAYONLAR (Scorpiones) — o’rgimchaksimonlar turkumi, ba’zan mustaqil sinf sifatida qaraladi. Uzunligi 1-20 santimetr. Boshko’kragi yaxlit qalqon bilan qoplangan. Bu qalqon o’rtasida 2 juft, uning 2 yonida bir necha juft ko’zlari bor. Kutikulasi mum qavati bilan qoplangan. Korin qismi kengaygan. Ingichka keyingi bo’limi boshko’krak tomoniga egiluvchan. Bir juft zahar bezi keyingi qorinning oxirgi bo’g’imida joylashgan bo’lib, sanchuvchi nashtarga ochiladi. Xemiseralari mayda, qisqichsimon. Oyoq paypaslagichlari uchki qismi yirik qisqichga aylangan. O’pka orqali nafas oladi. Spermatoforlar yordamida urug’lanadi. Chayonlar tirik tug’adi. 750 ga yaqin turi, jumladan, O’zbekistonda bir necha turi bor. Chipor (sariq) Chayonlar ko’p uchraydi. Yirtkich, tunda ov qiladi. Chaqqanida qattiq og’riydi. Ayrim tropik turlarining chaqishi kishini o’limga olib kelishi mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz