Chaykin Vadim Afanasyevich
Vadim Afanasyevich Chaykin (1886, Kursk gubernyasining Novo-Oskol uyezdi — 1941.8.9) — tarixchi va jamoat arbobi. Ufa gimnaziyasida oʻqigan. 1904-yildan eserlar partiyasining aʼzosi. 1908—15 yillarda qamoq va surgunda boʻlgan. Turkistonda podsho Rossiyasi hukmronligiga qarshi kurashlarda faol qatnashgan. 1916-yil yozidan Andijonda yashagan. Mirkomilboy taklifi bilan Andijon aholisi nomidan Chaykin Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev bilan mardikorlikka safarbarlik ishini tekshirish uchun Petrogradga borgan (1916-yil iyul). Chaykin, U. Asadullaxoʻjayev, Mustafo Choʻqay hamroxdigida A.F.Kerenskiy va Q.B.Tavakkalovdan iborat komissiya Turkistonga keladi. 1917-yilda u siyosiy faoliyatini yanada jonlantirgan. Eserlar partiyasining Turkistondagi rahbarlaridan biri boʻlgan. Butun Rossiya Sovetlarining 1-sʼyezdi (Petrograd, 1917-yil iyun)da Chaykin U. Asadullaxoʻjayev bilan birgalikda qatnashgan. Rossiya Muvaqqat hukumati Turkiston qoʻmitasi raisi (1917-yil iyul—sentyabr). oktyabr toʻntarishitsj soʻng Chaykin oʻng eser sifatida bolsheviklarga qarshi chiqadi. Rossiya Taʼsis Majlisi aʼzosi (191718).
Chaykin tarixchi olim sifatida 20-asr boshlarida Rossiyada inqilobiy jarayonlar va milliy munosabatlar, narodniklar tarixi, Ukraina va Turkistondagi siyosiy ahvol toʻgʻrisida asarlar yozgan. Uning qoʻlyozmalari 1933-yilda 5 jiddli kitob shakliga keltirilgan.
1922-yildan boshlab sovet rejimi tomonidan bir necha marta qamalgan va surgun qilingan. SSSR Oliy Sudi harbiy kollegiyasi qarori bilan Ch. otib tashlangan (1941-yil 8-sentyabr).
Manbalar
Adabiyot
uz.wikipedia.org