Chavqi




Chavqi — Bulungʻur tumanida faoliyat yuritb kelayotgan folklor-etnografik ansambli (havaskor ijodiy jamoa). Jamoa 1986-yilda Samarqand viloyati, Bulungʻur tumanida tashkil etilgan. Jamoa xalq ijodining qoʻshiq, raqs, oʻyin shakllarini milliy urf-odat va marosimlarga bogʻlab, sahnaviy talqinini namoyish qiladi. Ansamblning hozirgi kundagi badiiy rahbari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Eshbek Normurodovdir.

Tarixi




„Chavqi“ soʻzining etimologiyasi



„Chavqi“ soʻzi gulxan atrofida kechasi oʻynaladigan oʻyin yoki bazm hamda „kurash“, „olish“ degan maʼnolarni anglatadi. „Chavqi“ oʻziga xos etnofolklor hodisasi boʻlib, Bulungʻur, Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Payariq, Jomboy, Urgut tumanlarida asrlar davomida keng tarqalgan xalq oʻyinidir.


„Chavqi“ folklor-etnografik ansambli



Ansambl 1986-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Suvonqul Abduqodirov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ansambl asosan xalq qoʻshiqlarini birqarsak, uchqarsak, beshqarsak, qoʻshqarsak va mayda qarsak usullarida ijro etishadi. Ansambl tomonidan „Yil boshi“, „Dehqon dala aylandi“, „Poda toʻp“, „Sumalak“, „Samarqand bozori“, „Qongtarovdi“, „Chillak“, „Quloq choʻzma“, „Beshqarsak“, „Oʻmboloq, doʻmboloq oshib oʻynaymiz“, „Choʻpon-choʻliq podachi“, „Topron“, „Xappak“, „Boʻtasalay“, „Arpa pish, bugʻdoy pish“ kabi badiiy sahnalashtirilgan maydon tomoshalari ijro etilgan.

Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz