Chaurasiya Pandit Xariprasad




CHAURASIYA (Chaurasia) Pandit Xariprasad (1938.1.7, Ilohobod, Hindiston) — hind sozandasi (bansuri nay), zamonaviy hind mumtoz musiqa maktabi vakili. 1957-yildan Hindiston radiosi (Kataka shahri)da sozanda va bastakor, keyinchalik Bombayda yashagan. Ch. Shim. (xindustani) va Janubiy (karnatak) Hindiston mumtoz musiqa uslublarini oʻzlashtirib, raga, txumri, dadra, xayal kabi janrlar ijrochiligida birinchi boʻlib bansuri nayni qoʻllagan. Ijro uslubi noyob mahorati, virtuoz texnikasi bilan ajralib turadi. Ijrolari oʻnlab gramplastinka va kompakt disklarga yozilgan. Osiyo (jumladan, 1975 va 1977-yillarda Oʻzbekistonda ham), Yevropa va Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Sangit Natak akademiyasi aʼzosi (1984), Hindistonning eng yuqori (Padma Bxushan, 1992; Padma Vibxusan, 2000) mukofotlari bilan taqdirlangan.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz