Chauder
Chauder (inglizcha: chowder) amerikacha baliqchilar taomidir. Chauder amerikaliklar taomi hisoblanib, bundan 250 yil oldin Angliya va Fransiyadan kelgan muhojirlar tomonidan AQShga olib kelingan.
Tarixi
1890-yilda American Notes and Queries nashri ushbu retseptni Kanadaga (boshqa versiyaga koʻra, Yangi Angliyaga) fransuzlar tomonidan olib kelinganligi haqida xabar berdi. Soʻnggi yillarda taom tayyorlanishining soddaligi tufayli mashhurlikka erishdi. „Chauder“ nomi fransuzcha chaudière soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „kotyol“ degan maʼnoni anglatadi. Dastavval baliqchilar bir kun davomida sota olishmagan baliq va dengiz mahsulotlaridan tayyorlanadigan toʻyimli taomga nisbatan chauder deyishgan.
Biroq taom haqida eslatma XVIII asrning oʻrtalarida, xususan, Tobias Smollett romanlaridan birida topilgan. Ushbu taomning xushboʻyligi Herman Melvillening „Moby-Dick“ romanida ham tasvirlangan. 1786-yilda Buyuk Britaniya shahzodasi William IV oʻsha paytda Nyu-Brunsvikda kema kapitani boʻlib xizmat qilganida chauder bilan mehmon qilishgan.
Keyinchalik taomning tarkibi yanada xilma-xil boʻldi: ular sabzavot, sut va bekon, koʻpincha tovuq goʻshti qoʻsha boshladilar. Buning natijasida baliqchilarning kamtar shoʻrvasi Shimoliy Amerikada mashhur birinchi taomga aylandi.
Asosiy komponentlar va retsept
Taomning retsepti 1894-yilda New Yorkdagi Delmonico restoranining mashhur oshpazi Charles Ranhofer tomonidan ishlab chiqilgan va nashr etilgan. Retsept Chowder de Lucines, deb nomlangan; uning tarkibiy qismlari orasida choʻchqa goʻshti, mollyuskalar, kartoshka, piyoz, maydanoz, pomidor, kekik, tuz va murch bilan bezatilgan krakerlar boʻlgan. Chauderning ham sut va mollyuska qoʻshib tayyorlanadigan turli xillari bor, misol uchun, klem-chauder.
Biroq boshqa retseptlar ham bor. Masalan, tovuq va sut qoʻshib tayyorlanadigan. Bundan tashqari, taomning yogʻ miqdorini oshirish uchun baʼzi retseptlarga maxsus yogʻ, bekon, shuningdek sariyogʻ va zaytun moyi qoʻshiladi. Bugʻdoy uni va rudan quyuqlashtirish uchun ham foydalanish mumkin Manhattan chauderi uning tarkibida pomidor borligi bilan ajralib turadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org