CHATIRKO’L
CHATIRKO’L — Qirg’iziston Respublikasi Norin viloyatidagi kul. Markaziy Tyanshanda. Shimolda Otboshi va Janubda To’rug’arttov tog’lari orasida, 3530 metr balandlikdagi soylikda joylashgan. Maydoni 175 kilometr kvadrat, uzunligi 23,5 kilometr, eng keng joyi 12 kilometr. Ko’l sayoz, o’rtacha chuqurligi 3,8 metr (eng chuqur joyi 22 metr). Chatirko’lga atrofidagi tog’lardan bir qancha soy va jilg’alar oqib tushadi, undan suv oqib chiqmaydi. Iyun — iyul oylarida suv sathi ancha ko’tariladi, yanvar fevralda pasayadi. Suvi chuchuk, Sharqiy qismida bir oz sho’r. Noyabrdan aprelgacha muz bilan qoplanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz