CHATEM —tinch okeanning Janubiy qismidagi 2 ta yirik (Chatem va Pit) va bir guruh mayda vulkan orollari. Yangi Zelandiya hududi. Maydoni 963 kilometr kvadrat. Eng baland joyi 291 metr (Chatem orolida). Landshafta botqoq, yaylov, chakalakzorlardan iborat. Aholi qo’ychilik bilan shug’ullanadi, baliq ovlanadi. Orollarga yevropaliklardan ilk bor 1791 yilda ingliz dengizchi sayyohi U.R. Brouton borgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish