Charxin




Charxin — Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi shaharcha. Samarkand shahridan 15km uzoqlikda, tuman markazi (Juma shahri)dan 16km masofada. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ulugʻbek. Aholisi 18,3 ming kishi (2015). Eski Angor kanalidan suv oladi. Charxinda paxta tozalash, teri saralash zavodlari, 2 kasbhunar kolleji, umumiy taʼlim maktabi, 3 kutubxona, madaniyat uyi, aholiga xizmat koʻrsatish, tikuvchilik, poyabzal, avtomobil va mebel taʼmirlash ustaxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Kasalxona, poliklinika, 2 dorixona bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz