Charos Qayumova




Charos Qayumova (tugʻ. 1999-yil 1-iyul) — oʻzbeklik taekvondochi, 53 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. 2021-yilgi Osiyo chempioni, 2022-yilgi taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati kumush medali sovrindori. 2019-yilgi Jahon Harbiy oʻyinlarida chempioni.

Faoliyati



2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida u ayollar oʻrtasida 57 kg gacha vazn toifasida chiqish qilgan. U birinchi uchrashuvida gʻalaba qozondi, keyin esa keyingi bahsda Tailand sportchi Vipawan Siripornpermsakga imkoniyatni boy berdi. Oʻsha yili Charos Qayumova Fransiya ochiq chempionati gʻolibi boʻldi.

2019-yilda Manchesterda (Birlashgan Qirollik) Taekvondo boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etdi, ammo magʻlub boʻldi. Oʻsha yili Uxan shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan Jahon Harbiy oʻyinlarida u 53 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Keyin birinchi davrada „Katta Dubulgʻa“ turnirda magʻlub boʻldi.

2021-yilda Bayrutda (Livan) boʻlib oʻtgan Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Charos Qayumova 53 kg gacha vazn toifasida final bahsida Xitoy Respublikasi sportchi Su Po-yani magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2022-yilda Eronda „Fajr Open“ xalqaro musobaqasi 53 kg gacha vazn toifasida Charos Qayumova finalga qadar etib bordi va eronlik taekvondochi Nahid Kiyanichandehga 6:7 hisobida yutqazib qoʻyib, kumush medal sohibasiga aylandi.

2022-yilda 24-iyunda Chuncheonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Charos 53 kg gacha vazn toifasida final bahsida eronlik sportchi Nahid Kiyanchandehni yutqazib, kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz