Charos




Charos — erta oʻrtapishar mahalliy, xoʻraki uzum navi. Urta Osiyoda keng tarkalgan. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli usadi. Bargi yirik, toʻgarak, oʻrtacha va kam kertikli, usti toʻq, orqasi och yashil, tuksiz. Guli funksional urgochi. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, tigʻiz, 300—400 g. Gʻujumi yirik, dumaloqtuxumsimon, koʻkimtirqora, seret, shirin, pusti qalin. Tarkibida qand miqdori 21—23%, nordonligi 5,5 — 8%, iyul—avg.da pishadi. Hosildorligi 80—100 s/ga. Asosan, yangiligida yeyiladi. Ragʻaga chidamsiz. Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida ekiladi. Charos uzum navi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz