Charoit
Charoit (Sharqiy Sibirdagi Chara daryosi nomidan) — zanjirli silikatlarning kichik sinfiga mansub mineral. Tarkibida suv va ftor boʻlgan K, Na, Ca, Va, Mp ning murakkab silikati. Kimyoviy tarkibi aniklanmagan. Gʻarbiy Sibirning Murun ishqorli massivida 1977-yilda topilgan. taxminan monoklin singoniyada kristallanadi. Yaxlit tolali va ingichka ninali, popuksimon nurlar koʻrinishidagi agregatlar. Strukturasi aniq emas. Pushti va och binafsha rangli oʻta kam uchraydigan mineral. Qattiqdigi 5,5, zichligi 2,52,6 g/sm3. Gidrotermal metasomatik (fenitlar hisobiga) genezisga ega. Ch. tarkibli jinslarning chiroyli turlari zargarlik, bezak va kolleksiya toshlari sifatida Charoitdan yasalgan vaza, foydalaniladi. Moskvadagi "Samotsvet" Ayniqsa, binafsha rangli, ipaksimon yaltiraydigan turlari juda qadrlanadi. Ch.ning dunyo boʻyicha yagona koni Sharqiy Sibirdagi Sirenli tosh konidir.
uz.wikipedia.org