Charlz Maklin
Charlz Maklin (inglizcha: Charles Edward MacLean; 1946-yil 31-oktyabrda, Buyuk Britaniyada tugʻilgan) — britaniyalik yozuvchi, asosan viski boʻyicha yetakchi mutaxassis va mashhur „Posbon“ (1982) psixologik trilleri muallifi sifatida tanilgan.
Shotlandiya aristokratlari oilasida tugʻilgan: otasi — Baronet Fitsroy Maklin; onasi — Ledi Veronika Lovat, Bofort qal’asi Freyzer urugʻining 23-boshligʻining qizi. Otasi 1937-1939-yillarda oʻzining Sovet Rossiyasidagi missiyasi haqidagi „Sharq ostonalari“ kitobining muallifi sifatida tanilgan; „Ot yurishi“ operatsiyasidagi muhim roli uchun Kutuzov ordeni bilan taqdirlangan. Onasi — bir nechta oshpazlik kitoblari muallifi.
Maklin Iton kolleji va Oksfordni tamomlagan. Flotda xizmat qilgan. Ecologist jurnalining asoschisilaridan boʻlgan, Vogue jurnalida badiiy muharrir boʻlib ishlagan. XXI asrning birinchi oʻn yilliklarida u telekanallar, bosma nashriyotlar va radio bilan hamkorlik qilgan.
U adabiyotdagi faoliyatini 1972-yilda boshlagan va shu zahotiyoq ushbu sohadagi birinchi mukofoti — Shotlandiya Badiiy Kengashi mukofotini qoʻlga kiritgan. 1977-yilda yozuvchining birinchi romani The Pathetic Phallus nashr etildi. Eng katta muvaffaqiyat 1982-yilda chop etilgan „Posbon“ romani bilan kelgan. Shunga qaramay, Maklinning asarlari adabiy jamoatchilikda keng eʼtirofga sazovor boʻlmagan. Bu haqda Dmitriy Bikov quyidagicha eʼtirof etgan:
Badiiy adabiyotdan tashqari, Shotlandiya tarixi bilan bogʻliq bir nechta hujjatli kitoblar Maklin qalamiga mansub. 1981-yildan beri u muntazam viski haqida yozadi, uning „Viski tarixi“ (Liquad History) asari bir necha nashrlardan oʻtgan va turli tillarga tarjima qilingan. 1992-yilda u Shotlandiya viskisi ishqibozlarining imtiyozli jamiyati — Keeper of Quaich klubiga aʼzo boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org