Charlotte Sullivan
Charlotta Sullivan - kanadalik aktrisa.
Karyera
Charlotte Sullivan bolalik vaqtidan, aktrisalik sohasida professional tarzda rol ijro etishni boshladi. Uning ekrandagi birinchi roli Liza Minnelli klipidagi roli bo'lgan edi. U "Harriet the Spy"(Ayg'oqchi Garriet)(1996) filmida va "CBS" telekanalining "The New Ghostwriter Mysteries"(Yangi arvoh mualliflarining sirlari)(1997) serialida, shuningdek, "How to Deal"(2003) va "Fever Pitch"(2005) filmlarida ko'plab epizodlarda bosh rollarni ijro etgan. Charlotte Sullivan "Across the River to Motor City"(Daryo bo'ylab Motor Sitigacha)(2007) dramatik teleserialida Ketie rolini o'ynadi. Charlotte Sullivan 2008-yil oktabr oyida “Smollvil”ning sakkizinchi mavsumining toʻrtinchi epizodida Maxima rolini tasvirlagan edi.
2010-yilda Charlotte Sullivan, Kanadada "Global" va AQShda "ABC" telekanallarida namoyish etilgan "Rookie Blue" politsiya faoliyatiga oid bo'lgan drama seriyalida Ofitser Geil Peckni ijro etishni boshladi. 2011-yilda Charlotte Sullivan Kanada-Amerika mini-serialida Merilyn Monroe rolida paydo bo'ldi. Charlotte Sullivan 2011-yilda “Citizen Gangster” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa” nominatsiyasida "Canadian Screen Award" mukofotiga nomzod sifatiga ko'rsatilgan edi.
2021-yil boshida u NBC serialidagi “Law & Order: Organized Crime"(Qonun va tartib: Uyushgan jinoyatchilik) serialidagi detektiv Gina Cappelletti rolini ijr etgan.
Shaxsiy hayoti
Charlotte Sullivan Ontario shtatining Toronto shahrida tug'ilgan. Charlotte Sullivan Peter Stebbingsga turmushga chiqqan. U oilasi bilan birga yashaydi va ularning qizi 2015-yilda tugʻilgan.
Filmografiyasi
Film
Televizion
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org