Charlie Savage
Charlie William Henry Savage (2003-yil, 2-mayda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi, "Manchester United" klubi yarim himoyachisi. U Uels terma jamoasini turli xalqaro yoshlar darajasidagi musobaqalarda himoya qilgan va sobiq Uels terma jamoasi futbolchisi Robbie Savagening oʻgʻlidir.
Yoshligi
Charlie Lesterda tugʻilgan va Manchester Grammar maktabida oʻyigan, Savagening otasi, sobiq Uels terma jamoasi futbolchisi Robbie Savagening izidan Manchester United yoshlar safiga qoʻshildi.
Klubdagi faoliyati
Manchester United
Savage 2021-yilning aprelida „Manchester United“ bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. U 2021-yilning 8-dekabrida „United“ klubi safida oʻz debyutini 2021-22-yilgi UEFA Chempionlar ligasi doirasida"Young Boys" klubiga qarshi o‘yinning 89-daqiqasida Juan Mataning o‘rniga maydonga tushgan holda oʻtkazdi, uning otasi Robbie Savage esa bu oʻyinni BT Sport kanalida sharhlayotgan edi. 2022-yil, 22-may kuni Savage birinchi marta Premyer-liga doirasida Crystal Pelace klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushgan.
Xalqaro faoliyati
Savage Uelsni 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalari safida himoya qilgan. U 2021-yil sentyabrida Xorvatiyada bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik turniriga 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va Avstriyaga 3:2 hisobida jamoasi bilan mag‘lub bo‘lgan oʻyinda gol urgan. 2022-yil sentyabr oyida Savage birinchi marta Uelsning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan.
Oʻyin uslubi
Savage otasi kabi markaziy yarim himoyachi sifatida himoyalanishda ham, oldinga borishda ham oʻzini koʻrsata oladi. Koʻp oʻxshashliklarga qaramay, Savage bu oʻxshashlikni koʻrmasligini aytdi va u otasi kabi qatʼiyatli texnikasi balan oʻyinchidan koʻra koʻproq, toʻpni oʻzi bilan koʻproq ushlab turadigan yarim himoyachi ekanligini aytdi.
Faoliyat statistikasi
2022-yil, 22-noyabr holatiga ko'ra[17]
Manbalar
uz.wikipedia.org