Charlie Harary
Charles Harary (1977-yil iyulda tugʻilgan) – amerikalik investor, strategik maslahatchi va professor boʻlib, u ruhlantiruvchi notiq, radio-shou boshlovchisi sifatida shuhrat qozongan. U pravoslav yahudiylardandir.
Maʼlumoti
Harary Quenns College siyosatshunoslik va kommunikatsiyalar boʻyicha bakalavr darajasini olgan, bu bilim yurtini magna cum laude (ing. with great praise; oʻzb. katta maqtovlar bilan) tamomlagan. Keyinchalik Columbia Law School da qatnashgan va u yerda James Kent Scholar va Harlan Fiske Stone Scholar martabasidagilar safida boʻlgan.
Faoliyati
Harary Nyu-Yorkda joylashgan RXR Realty koʻchmas mulk kompaniyasining kapital bozorlari boʻyicha katta direktori boʻlgan. Shu kungacha Harary Nyu-Yorkda joylashgan H3 & Company nomli tashabbus kapitali va maslahat firmasiga asos solgan. H3 Capital’dan oldin Harary RXR Realty’da vitse-prezident boʻlgan. Bunga qadar Hrary Paul, Weiss, Rifkind, Wharton & Garrison va David Polk & Wardwell kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlagan.
Harary shaxsiy oʻsish, biznes strategiya va samaradorlik mavzularida nutq soʻzlagan. U TheBlaze Radio Networkda Charlie Harary shousi deb nomlangan haftalik podkastni olib borgan. TheBlaze Radio Network efirga uzatilishidan oldin Charlie Harary shousi shanba kun kechqurunlari WABC da efirga uzatilgan. Harary, shuningdek, Nachum Segal tarmogʻidagi haftalik biznesga yoʻnaltirilgan "The Boardroom" radio koʻrsatuviga mezbonlik qilgan. U, shuningdek, "Unlocking Greatness" podkastini oʻtkazib, u yerda muvaffaqiyatli tadbirkorlar, tafakkurli yetakchilar, oʻzgarishni targʻib qiluvchi agentlari, inluenserlar va ekspertlardan ularning muvaffaqiyatga qanday erishganini tushunish maqsadida intervyular olgan.
2015-yilning may oyida Harary #TheAskCharlieShow videosida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javob beradigan, biznes olamida shaxsiy oʻsish va samaradorlik masalalariga oid savol-javobga asoslangan shousini ishga tushirgan. U bir nechta nashriyotlar bilan hamkorlik qilgan: Inc., Entrepreneur, Forbes, US News & World Report, Monster.com, Barcha biznes ekspertlari, Tech Republic, Daily News, va The Intelligence shular jumlasidandir.
Harary menejment va tadbirkorlik boʻyicha klinik professor va Yeshiva universiteti qoshidagi Syms School of Business yashash joyida yordamchi boshqaruvchi va tadbirkor mutaxassis boʻlib faoliyat yuritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Charlie Harary - amerikalik motivatsion spiker, tadbirkor va investordir. U asosan shaxsiy rivojlanish, etakchilik va biznes bo‘yicha ko‘plab ma’ruzalar qiladi hamda o‘zining ta’sirchan nutqlari orqali ko‘plab odamlarni ilhomlantiradi. Charlie Harary ko‘plab kompaniyalarga maslahatlar beradi, yosh mutaxassislar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
U New Yorkdagi Touro College’da o‘qib, huquq sohasida ta’lim olgan. Shuningdek, Harvard Business School’da ham qo‘shimcha ta’lim olgan. Charlie o‘zining nutq va treninglarida o‘z tajribasi, shuningdek, muvaffaqiyat hikoyalari va psixologik metodlardan foydalanadi.
U ko‘plab podkastlar va video ma’ruzalar orqali o‘z shogirdlariga maqsadga erishishda yordam beradi, stressni kamaytirish va avvalgi muvaffaqiyatsizliklardan saboq olish kabi mavzularni yoritadi. Charlie Harary ayniqsa yoshlar orasida katta obro‘ga ega bo‘lib, o‘zining energiyasi va bilimlari bilan ularni rag‘batlantiradi.
Charlie Harary asosan ingliz tilida faoliyat yuritadi, lekin uning nutq va treninglari global miqyosda tarqalgan. U ko‘p marta TED Talks va boshqa yirik konferentsiyalarda ma’ruzalar qilgan. U shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda faolligicha, o‘zining motivatsion kontentlarini doimiy ravishda taqdim etadi.