Charli Brown




Charlie Brown (inglizcha: Charles «Charlie» Brown) — Charlz Shults tomonidan yaratilgan Peanuts komikslari seriyasining asosiy qahramonlaridan biri va birinchi marta 1950-yil 2-oktyabrda komiksda paydo bo‘lgan. U Salli Braunning katta akasi, uni juda yaxshi ko‘radi. Charli Braun cheksiz qatʼiyat va umidga ega, lekin doimo omadsizlikka uchraydigan yoqimtoy omadsiz sifatida tasvirlangan edi.

Tavsifi



Charlie Brown — 1950-yil 2-oktyabrda komiksning birinchi sonida paydo bo‘lgan Peanuts qahramoni. O‘sha paytdagi Shults chizmalaridagi baʼzi uslubiy farqlardan tashqari, Charlie Brown birinchi komiksdan beri tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmagan. Biroq, u dastlab bir xil rangli futbolka kiygan; zigzag chizig‘i 1950-yil 21-dekabrda komiksga ko‘proq rang qo‘shish uchun qo‘shilgan. 1950-yil 3-noyabrda dastlabki komiksda Charlie Brown u „atigi to‘rt yoshda“ ekanligini aytdi, ammo komiksning keyingi 20-yilida u katta bo‘ldi; 1957-yil 17-noyabrda u 6-yoshda, 1979-yil 11-iyulda esa „sakkiz yarim yosh“ edi. Keyingi yillarda Charli Braun taxminan 8 yoshda ekanligi qayta-qayta taʼkidlangan.

Dastlab, Charlie Brown keyingi komikslarga qaraganda ancha sho‘x va quvnoq edi. U do‘stlari va kattalari bilan hazillashar edi va Petti va Vayolet bilan munosabatlarida romantik ohanglar bor edi.

Charlie Brown tez orada o‘zi mashhur bo‘lgan omadsiz qahramonga aylandi. Komiksdagi ko‘plab hikoyalar uning hamma narsani yo‘qotganida ham o‘jarlik bilan taslim bo‘lmaslikka (masalan, kuchli yomg‘ir yog‘ganda sevimli o‘yinini to‘xtatib qo‘yib, beysbol maydonini tark etishni istamasligi) yoki u bilan shu payt sodir bo‘lgan biror yomon holatda xammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilishiga asoslangan. Charlie Brown hech qachon valentin yoki Rojdestvo otkritkalarini olmaydi va Xellouinda unga konfet o‘rniga toshlar berishadi.


Tasvirning taʼsiri




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz