Charles Xavier
Professor X (
Charles Francis Xavier ) — Marvel Comics tomonidan yaratilgan personaj. Stan Lee va Jack Kirby tomonidan yaratilgan ushbu personaj birinchi marta 1963-yilda The X-Men #1 komiksida paydo boʻlgan.
Xavier gʻayriinsoniy kuchlar bilan dunyoga kelgan mutantdir. U mutantlar va insonlarning tinch-totuvlikda yashashi uchun kurashadigan Gʻaroyib odamlar (X-Men) jamoasining asoschisi hisoblanadi. Xavier kuchli telepatik qobiliyatga ega mutantdir. U boshqa odamlarning fikrlarini oʻqiy oladi va hatto ularni boshqara oladi. Xavier Nyu-Yorkda butun dunyodan kelgan mutantlar uchun xususiy maktab ochgan.
Xavier oyoqlari falaj boʻlgani sababli nogironlar aravachasidan foydalanadi. Dunyodagi eng qudratli telepatlardan biri boʻlgan Xavier daho hamdir. U mutant genlariga ega boʻlgan shaxslarning qayerda ekanligini topish uchun „Cerebro“ deb ataluvchi texnologik qurilmaning yaratuvchisidir.
Xavier, sobiq doʻsti Magnetodan farqli oʻlaroq, har doim zoʻravonlikka qarshi boʻlgan. U mutantlarga boshqa odamlar bilan tinch-totuvlikda yashash uchun patsifistik takliflarni ilgari surdi. Xavierning maqsadlari va siyosiy qarashlari bir necha bor Martin Luther King Jr. bilan, Magneto esa Malcolm X bilan solishtirilgan.
Professor X rolini Gʻaroyib odamlar, X2, Gʻaroyib odamlar: Soʻnggi intiqom va Gʻaroyib odamlar: Muqaddima. Suvsar filmlarida Patrick Stewart gavdalantirgan. Professor X'ning yoshligini esa Gʻaroyib odamlar: Birinchi sinf, Gʻaroyib odamlar: Oʻtgan kelajak, Gʻaroyib odamlar: Apokalipsis va Gʻaroyib odamlar: Feniks zulmati filmlarida James McAvoy gavdalantirgan.
Yaratilish tarixi
Stan Lee va Jack Kirby tomonidan yaratilgan ushbu personaj birinchi marta 1963-yilda The X-Men #1 komiksida paydo boʻlgan. Stan Leening aytishicha, Professor Xavier’ning qiyofasi Oscar mukofoti sovrindori Yul Brynnerdan ilhomlangan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org