Charles Scott Sherrington
Charles Scott Sherrington (1857.27.11 – 1952.4.3) — ingliz neyrofiziologi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1893-yildan), Peterburg Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosy (1915-yildan). Kembrij universitetni tugatgan. Neyrofiziologiya (asosan, reflektor faoliyat) sohasidagi fundamental kashfiyot muallifi. Liverpul va Oksford universitetida professor (18951913; 19131935). Sh. nerv sistemasining integrativ faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqqan; retseptiv maydon taʼlimoti asoschisi. Ilmiy faoliyati markaziy nerv sistemasi, asosan, orqa miya fiziologiyasi va reflekslarini oʻrganishga oid. Sh. asarlari klinik va eksperimental nevrologiya rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Nobel mukofoti laureati (1932; E.D.Edrian bilan hamkorlikda).
Manbalar
uz.wikipedia.org