Charles Richet




Charles Richet (1850.26.8 Parij — 1935.4.12) — fransuz immunologi va fiziologi. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1914) va prezidenti (1933-yildan), 1887-yildan Parij universiteti fiziologiya professor Ilmiy faoliyati ovqat hazm qilish fiziologiyasiga oid. 1888-yil fanga "passiv immunitet" tushunchasini kiritgan. 1902-yil organizmning yot oqsillarga boʻlgan allergik reaksiyasini oʻrganib, uni anafilaksiya deb ifodalagan. Richet immunitet va seroterapiya, shuningdek, epilepsiya va oʻpka silini davolash muammolarini oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (1913).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz