Charles Martinet




Charles Andre Martinet (talaffuzi: Charlz Andre Martiney, 1955-yil 17-sentyabr) amerikalik dublyaj aktyori, 1995-yildan beri u doimiy ravishda bir xil nomdagi kompyuter oʻyinlarida Mario personajini ovozlashtirb keladi. Shuningdek, u bir qator badiiy filmlar va teleseriallarda ham suratga tushgan.

Ish faoliyati



U 1955-yil 17-sentyabrda AQShning Kaliforniya shtati San-Jose shahrida tugʻilgan. 1995-yilda Nintendo uchun ishlagan Martinet oʻyin shoularida Marioni obraziga ovoz berib, televizor ekranida 3D Mario personajida koʻrina boshladi, u ekranda koʻringach harakatlangan holatda tomoshabinlarga gapirdi. Martinetning oʻzi esa maxsus jihozlangan xonada oʻtirib harakatni suratga olish tizimidan foydalangan holda Mario tasvirini nazorat qildi. U yashirin kamera yordamida tashrif buyuruvchilarni koʻrgan. Shunga oʻxshash tizim „Real vaqtda Mario“ deb nomlangan (inglizcha: Mario in Real-Time).

Martine Mario ovoz bergan birinchi kompyuter oʻyini 1995-yilda chiqarilgan Marioʻs Game Gallery (1998-yilda Marioʻs FUNdamentals nomi ostida qayta chiqarilgan) edi. Biroq, uning ovozi 1996-yilda, Super Mario 64 vizual oʻyini chiqarilgandan soʻng taniqli boʻldi. Mario bilan bir qatorda, Martine ushbu belgilar paydo boʻlgan oʻyinlarning koʻpchiligida Luiji, Vario, Valuidji, Toadsvort va boshqa qoʻziqorinlar qirolligi aholisi qahramonlariga ovoz berdi. Bundan tashqari, Super Mario Advancedagi baʼzi antagonistlar uning ovozida gapirishgan. Martinning dublyajdagi ovozi ushbu oʻyinlarning ingliz va yapon versiyalarida ham eshitiladi. Shuni unutmaslik kerakki U ovoz bergan personajlar oʻyin davomida ingliz tilida gaplashadi.

Martinet dublyaj aktyori sifatida boshqa loyihalarda ham ishtirok etdi. U " Skies of Arkadia „ oʻyinida Vigoro, “Taqdir soyasida" Homunculus, "Taqdir aks sadosi" filmida Lagerfeld va boshqa ovoz imkoniyati toʻgri kelgan personajlar dublyajida ovoz berdi. Shuningdek, u bir qator filmlar va teleseriallarda ham suratga tushgan boʻlib ularda asosan epizodik rollarni ijro etgan. Aynan, " Oʻlim roʻyxati " (1988), " Toʻqqiz oy " (1995), " Oʻyin " (1997) filmlaridagi aktyor sifatidagi rollarini misol keltirish mumkin

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz