Charles Harbutt
Charles Henry Harbutt (1935-yil 29-iyul – 2015-yil 30-iyun) amerikalik fotograf, Magnum kompaniyasining sobiq prezidenti va New Yorkdagi Parsons dizayn universiteti fotojurnalistika boʻyicha dotsent, oʻqituvchisi.
Tarjimai holi
Harbutt New Jersey shtatining Camden shahrida tugʻilgan. Ammo New Jersey shtatining Teaneck shahrida ulgʻaygan. Henry koʻp fotografiya mahoratini ham shu shaharchaning havaskor kameralar klubidan oʻrgangandi. U New Yorkdagi Regis oʻrta maktabida oʻqigan va maktab gazetasi uchun suratlar olgan. Keyinchalik Marquette Universityni tamomlagan.
Faoliyati
Harbutt ijodi zamonaviy fotojurnalistlik anʼanalarida chuqur ildiz otgan. Faoliyatining dastlabki yigirma yilida AQSh, Yevropa va Yaponiyadagi yirik jurnallarga oʻz hissasini qoʻshgan. Uning suratlari koʻpincha siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlarni tasvirlagan. Henry 1959-yilda "Jubilee" katolik jurnalida yozuvchi va fotograf boʻlib ishlagan. Xarbutt ushbu tahririyatda ishlayotgan davrda Jubilee jurnalining muharriri Robert Lax oʻzining birinchi sheʼriy kitobi "The Circus of the Sun"ning old va orqa muqovasi uchun Harbutt tomonidan olingan fotosuratlardan foydalangan.
Harbutt Magnum Photos kompaniyasiga qoʻshildi va 1979-yilda tashkilot prezidenti etib saylandi. Soʻng 1981-yilda kompaniyani tark etgan. Chunki uda tijorat ambitsiyalari kuchayib borayotgani sababli shaxsiy ish bilan shugʻullanish istagi paydo boʻlgandi. Charles fotografiya darslarini oʻqidi. Oʻz suratlarini butun dunyo boʻylab yakkaxon va guruh koʻzgazmalarida namoyish etdi. Keyinchalik New School universitetining Parsons dizaynfakultetiga rasman professor sifatida ishga kirdi va dars bera boshladi. Bundan tashqari MIT, Sanʼat institutlariga mehmon fotojurnalist sifatida xizmat qildi. Harbutt Chikago va Rhode Island dizayn maktabi oʻqituvchisi, xalqaro hujjatli fotograflar kooperativi Archive Pictures Inc. asoschisi va Amerika jurnal fotograflari jamiyati aʼzosi edi.
Manbalar
uz.wikipedia.org