Charles Francis Xavier




Professor X ( Charles Francis Xavier ) — Marvel Comics tomonidan yaratilgan personaj. Stan Lee va Jack Kirby tomonidan yaratilgan ushbu personaj birinchi marta 1963-yilda The X-Men #1 komiksida paydo boʻlgan.

Xavier gʻayriinsoniy kuchlar bilan dunyoga kelgan mutantdir. U mutantlar va insonlarning tinch-totuvlikda yashashi uchun kurashadigan Gʻaroyib odamlar (X-Men) jamoasining asoschisi hisoblanadi. Xavier kuchli telepatik qobiliyatga ega mutantdir. U boshqa odamlarning fikrlarini oʻqiy oladi va hatto ularni boshqara oladi. Xavier Nyu-Yorkda butun dunyodan kelgan mutantlar uchun xususiy maktab ochgan.

Xavier oyoqlari falaj boʻlgani sababli nogironlar aravachasidan foydalanadi. Dunyodagi eng qudratli telepatlardan biri boʻlgan Xavier daho hamdir. U mutant genlariga ega boʻlgan shaxslarning qayerda ekanligini topish uchun „Cerebro“ deb ataluvchi texnologik qurilmaning yaratuvchisidir.

Xavier, sobiq doʻsti Magnetodan farqli oʻlaroq, har doim zoʻravonlikka qarshi boʻlgan. U mutantlarga boshqa odamlar bilan tinch-totuvlikda yashash uchun patsifistik takliflarni ilgari surdi. Xavierning maqsadlari va siyosiy qarashlari bir necha bor Martin Luther King Jr. bilan, Magneto esa Malcolm X bilan solishtirilgan.

Professor X rolini Gʻaroyib odamlar, X2, Gʻaroyib odamlar: Soʻnggi intiqom va Gʻaroyib odamlar: Muqaddima. Suvsar filmlarida Patrick Stewart gavdalantirgan. Professor X'ning yoshligini esa Gʻaroyib odamlar: Birinchi sinf, Gʻaroyib odamlar: Oʻtgan kelajak, Gʻaroyib odamlar: Apokalipsis va Gʻaroyib odamlar: Feniks zulmati filmlarida James McAvoy gavdalantirgan.

Yaratilish tarixi



Stan Lee va Jack Kirby tomonidan yaratilgan ushbu personaj birinchi marta 1963-yilda The X-Men #1 komiksida paydo boʻlgan. Stan Leening aytishicha, Professor Xavier’ning qiyofasi Oscar mukofoti sovrindori Yul Brynnerdan ilhomlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz