Charles de Gaulle
GOLL (Gaulle) Sharl de (1890.22.11, Lill — 1970.9.11, Kolombele Dyoz-Egliz) — Fransiya Prezidenti (1959— 69). 1940-yil Londonda antigitlerchilar koalitsiyasiga qoʻshilgan. "Ozod Fransiya" (1942-yildan "Kurashayotgan Fransiya") vatanparvarlik harakatiga, 1941-yil esa "Fransiya milliy qoʻmitasi"ga asos solgan. 1943-yil Jazoirda tuzilgan "Fransiyani ozod qilish milliy qoʻmitasi"ga rahbar boʻlgan. 1944-yil iyunda G. bu qoʻmitani Fransiya Respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylantirgan. Fransiya Muvaqqat hukumati boshligʻi (1944—46 yil yanvar). Urushdan soʻng "Fransuz xalqini birlashtirish" partiyasi tashkilotchisi va rahbari. 1958-yil Fransiya bosh vaziri. G.ning tashabbusi bilan prezident huquqini kengaytiruvchi yangi konstitutsiya tayyorlangan (1958). Uning prezidentligi davrida Fransiya oʻzining yadroviy kurolini barpo etish rejalarini amalga oshirgan, NATO harbiy tashkilotidan chiqqan.
Manbalar
uz.wikipedia.org