CHAQNOVCHI YULDUZLAR – ravshanligi qisqa vaqt ichida ming va hatto million marta ortib, asta-sekin eski holiga qaytuvchi yulduzlar. Mo’tadil holatida Chaqnovchi yulduzlar ancha xira bo’lib, ko’zga uncha ko’rinmaydi. Ular chaqnaganda yulduz portlab, moddasi katta (sekundiga bir necha yuz kilometrdan minglab kilometrgacha) tezlikda tarqaladi va atrofida juda katta o’lchamli tumanlik hosil bo’ladi. Chaqnovchi yulduzlar yangi va o’ta yangi yulduzlar deb ham ataladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish