CHAQMOQ



CHAQMOQ — atmosferada yuz beradigan uchqunli elektr razryadi. Bulutlar bilan bulutlar orasida yoki bulutlar bilan yer orasida hosil bo’ladi. Chaqmoq hosil qiluvchi momaqaldiroq bulutining elektr zaryadlari 10-100 kl bo’lib, unga sabab elektr zaryadlarining birbiriga ta’sirlashuvidir. Chaqmoq chaqqanda atrof bir zum yorishib ketadi. Uzunligi bir necha kilometr, diametri bir necha o’n santimetr, davomiyligi sekundning o’nlarcha ulushiga teng, tok kuchi 100 ka gacha bo’lishi mumkin. Bunday chiziqli Chaqmoq bilan birga ba’zan sharsimon Chaqmoq ham chaqadi. Chaqmoq, asosan, bahor va yoz fasllarida kuzatiladi. Momaqaldiroq bilan birga yuz beradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz