CHAQAR MASJIDI
CHAQAR MASJIDI — Marg’ilondagi me’moriy yodgorlik (1911); xonaqoh, ayvon va xo’jalik binolaridan iborat bo’lgan. Bizgacha binoning ayvon qismi saqlangan. Ayvonning uch tomoni yopiq, shifti to’sinlar yordamida to’g’ri to’rtburchaklarga bo’linib, ularning har biriga gullar solingan guldonlar ishlangan, rangbarang naqshlar bilan serhasham bezatilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz