Chaqaloqlarda biosenoz va disbioz
Biotsenoz – oshqozon–ichak traktining
mikroekologiyasi ochiq biotsenoz hisoblanadi. Mikroblar hazm traktiga xuddi
ximus kabi kirib boradi, ammo ichaklar devoridagi faqat xususiy retseptorlargagina
maxsus mikoorganizmlar fiksatsiyalanishi mumkin.
Biosenozning shakllanishi
Bolaning birlamchi mikroorganizmlar bilan toʻqnashishi tugʻruq yoʻllaridan
boshlanadi. Tugʻruq yoʻllaridagi mikroblarning asosini laktobatsillalar va
bifidobakteriyalar tashkil qiladi, qolgan qismi ichak mikroflorasiga oʻxshash.
Chaqaloqlarda immunologik barqarorlik hali toʻla yetilmaganligi tufayli
organizmga mikroblarning koʻplab tushishi unda turli yalligʻlanish jarayonlari
rivojlanish xavfini tugʻdiradi. Keyinchalik atrof muhit taʼsiri ostida doimiy mikroflora shakllanadi.
Shuningdek mikrofloraning shakllanishiga bolani ovqatlantirishni boshlash
muddati va uning turi ham muhim ahamiyatga ega. Ona suti bilan ovqatlantirish boshlangach, asosan bifidobakteriyalardan
tuzilgan simbiont mikroflora ichakda koʻpaya boshlaydi. Ona suti, ayniqsa ogʻiz
suti bilan yangi tugʻilgan chaqaloq bifidofloraning rivojlanishi va oʻsishiga taʼsir
etuvchi bifidus-omilni oladi. Ushbu omil patogen va shartli-patogen
mikroorganizmlarning koʻpayishiga toʻsqinlik qiladi. Ichakda bifidoflora titri
yuqori boʻlganda organizm va undagi mikroflora orasida fizilogik barqarorlik,
yaʼni eubioz yuzaga keladi.
Chaqaloq biotsenozining shakllanishiga quyidagi omillar taʼsir etadi:
Muddatida tugʻilgan bolalarda ichak mikroflorasining shakllanishi bola
hayotining 5-6- kunlariga borib toʻliq shakllanadi. Unda quyidagi bosqichlar farqlanadi:
Mikrofloraning tarqalishi
Oshqozon va ichakning turli qismlaridagi mikrofloraning tarkibi turlicha boʻladi.
Masalan, 1 ml oshqozon suyuqligida 103 achitqi zamburugʻlari, streptokokklar,
laktobakteriyalar bor. 1 ml ingichka ichak suyuqligida 103 laktobakteriyalar,
streptokokklar, ichak tayoqchalari bor. Yondosh ichak suyuqligida nordon sut
tayoqchalari, streptokokklar, ichak tayoqchalari mavjud boʻlib, bu erda
anaerob flora yoʻq. Bifidoflora va bakteroidlar shular jumlasidandir. Najasda
500 xildan ortiq mikroblar aniqlanishi mumkin. Sogʻlom bolaning yoʻgʻon
ichagida 3 guruhdagi mikroflora farqlanadi:
Mikrofloraning funksiyalari
Odatdagi ichak mikroflorasi turli vazifalarni bajarib, ularga kuyidagilar
kiradi:
Patologik holatlar
Perinatal patologiyasi boʻlgan (asfiksiya, chaqaloqlar gemolitik kasalligi,
bosh miyaning tugʻruq jarohatlari va b.) chaqaloqlar najasini bakteriologik tekshirib
koʻrilganda 53,2% hollarda ichak disbakteriozi aniqlanadi. Ichak disbakteriozi
boʻlgan bolalarda ichak faoliyatining buzilishi kuzatilib, u najasning 6-7
martagacha koʻpayishi, qorinning dam boʻlishi, najas rangining yashil tusga kirishi
va shilliq moddalarning paydo boʻlishi bilan namoyon boʻladi. Yuqumli omillarga
bogʻliq boʻlmagan perinatal patologiyasi boʻlgan bolalarda ichak
mikrobiotsenozining buzilishi asosan shartli patogen mikroflora bilan bogʻliq. Disbioz (disbakterioz) – bakteriologik tushuncha bo‘lib, u organizmdagi
simbioz mikrofloraning sifat va miqdor jihatidan buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Disbakterioz rivojlanishiga quyidagilar: bolani sun`iy va noto‘g‘ri
ovqatlantirish, bolani parvarish qiluvchi shaxsda mikrofloraning o‘zgarishi,
chaqaloqning yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklari, patologik kechgan homiladorlik va tug‘ruq, bolani antibiotiklar bilan uzoq va betartib davolash sabab
bo‘ladi.Ko‘krak suti bilan ovqatlantirishni to‘xtatish natijasida kelib chiqadigan
disbakterioz holati bolani tez kasalliklarga chalinuvchan qilib qo‘yadi.
Disbakterioz holatida bola atrofdagi kishilardan qanday mikroflorani
qabul qilishi muhim ahamiyatga ega. Bunda ayniqsa stafilokokk yoki boshqa
shartli - patogen mikrofloralarni tashuvchilari bola uchun havfli bo‘lib hisoblanadi. Disbakteriozni aniqlashda shartli – patogen mikrofloraning
mikrobiotsenozda tutgan o‘rni va ularning assotsiatsiyasi muhim ahamiyatga ega.
Odatda ichak bo‘shlig‘ida anaeroblarning umumiy miqdori (ularga bifido - va sutnordon tayoqchalari kiradi) aerob mikroblar yig‘indisidan ko‘p bo‘ladi. Shartli -
patogen mikroblar umuman aniqlanmaydi yoki oz miqdorda ularning faqat bir turi
aniqlanadi.Disbakteriozning 1-darajasida anaerob flora aerob floradan ustun turadi.
Bifidoflora va laktobakteriyalar 108 - 107 suyultirishda ham aniqlanadi, shartli -
patogen bakteriyalar (2 turdan ortiq emas) 104-102 suyultirishda topiladi.
Disbakteriozning 2-darajasida anaerob va aerob mikroorganizmlar miqdori
bir-biriga teng bo‘ladi. Kasallikning bu darajasi ichak tayoqchalarining atipik
shakllari paydo bo‘ladi.
Disbakteriozning 3-darajasida aeroblar miqdori anaeroblarga nisbatan ko‘p
bo‘ladi. Ayrim hollarda bifido- va laktobakteriyalar butunlay yo‘qoladi, shartli
patogen mikroblar soni esa keskin ko‘payadi. Ular orasida, ayniqsa,patogen
stafilokokklar, zamburug‘lar, klebsielalar, klostridiya kabi mikroblar ko‘p
uchraydi.
Davolash
Disbioz kuzatilayotgan bola uchun eng yaxshi ovqat
ona suti bo‘lib hisoblanadi. Ona suti bilan ta`minlash imkoni bo‘lmagan hollarda
tarkibida pre- yoki probiotiklar bo‘lgan aralashmalar tavsiya etiladi (nordon sutli
NAN, biolakt). Disbiotsenozni medikamentoz davolash 2 bosqichda olib boriladi:
1 - mikrobli dekontaminatsiya
2 - mikroflorani tiklash.
1 – bosqich. Mikrobli dekontaminatsiya axlatda shartli patogen mikroflora
ko‘payib ketgan hollarda tavsiya etiladi. Davolash ajratilgan floraning
xususiyatidan kelib chiqkan holda belgilanadi. Mahalliy ta`sirga ega bo‘lgan obligat mikrofloraga ta`sir yetmaydigan preparatlarni tayinlash maqsadga
muvofiqdir. - bakteriofaglar: ularning ta`sir doirasi tor bo‘lib, ma`lum
mikroorganizmlarga ta`sir etadi (stafilokokka qarshi bakteriofag,
koliprotey bakteriofag, klebsiellyoz bakteriofag, piobakteriofag,
intestibakteriofag, piotsenius-ko‘k yiring tayoqchasiga qarshi bakteriofag)
- nitrofuranlar (furazolidon 5-8 mg/kg)
- enterol (kuniga 1 kap-dan 1 mahal)
Axlatdan ajratilgan mikrofloraning sezuvchanligini hisobga olib
antibiotiklar tayinlanadi (asosan aminoglikozidlar tayinlanadi, chunki ular obligat
mikrofloraga ta`sir qilmaydi). Anaerob mikroflora ustunlik qilganda
nitromidazollar, kandidozda esa - zamburug‘ga qarshi preparatlar qo‘llaniladi.
Davolashning 1 – bosqichi 5-7 kun davom etadi.
Biotsenoz buzilishning I darajasi kuzatilayotgan bolalarda davolash 2 –
bosqichdan boshlanadi.
2 – bosqich. Ichak mikroflorasini tiklashga probiotiklar (me`yoriy ichak
florasini tiklovchi preparatalar) tayinlash yo‘li bilan erishiladi. Ularning ta`sirini
esa prebiotiklar kuchaytiradi. Biopreparatlar sifatida ishlatiladigan
mikroorganizmlarga Lactobaccilus acidophilus, L.plantarum, L.casei, L.bulgaricus,
L.rhamnosus GG, Bifidobacterium bifidum va b. kiradi.
Probiotiklarning ta`siri quyidagicha:
• Ichak florasining o‘sishini to‘xtatuvchi kontsentratsiyada antibakterial
moddalar, organiq kislotalar, proteazalar sintez qilish
• Adgeziya retseptorlariga konkurent ta`sir
• Immun javob (fagotsitar faollik)ni kuchaytirish
• Ig A, T-killerlar, interferon kontsentratsiyasini oshirish
• YAllig‘lanishga qarshi tsitokinlar ishlab chiqarilishini mo‘`tadillash
• Shilliq qavatlar o‘tkazuvchanligini kamaytirish, mutsin ishlab chiqarilishining
oshishi natijasida tsitoprotektsiyaning kuchayishi.
Probiotiklar
Probiotiklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Monokultura tutuvchi preparatlar - bifidumbakterin, laktobakterin.
2. Kompleks preparatlar - bifiform, bifilong, atselak, lineks va b.q.
a) bakteriyalar sorbentiga immobilizatsiyalangan preparatlar -
bifidumbakterin-forte;
b) lizosimli preparat - bifiliz.
Probiotiklar ovqatlanish vaqtida 1-2 mahal beriladi.
Prebiotiklar – mikroflora funksional oziqlanishini ta`minlovchi preparatlar
(inulin, galakto- va fruktozooligosaharidlar, laktuloza).
Prebiotiklarning ta`siri:
Prebiotiklardan dyufalak (laktuloza)ning samarasi yaxshi bo‘lib, 1 kunda 3 ml
miqdorda tayinlanadi.
Aksariyat hollarda disbakterioz ikkilamchi fermentativ tanqislik bilan kechadi,
shuning uchun bunday bemorlarga kichik dozalarda kreon, pankreatin kabi
preparatlar probiotiklar bilan birgalikda tayinlanadi.
Ichak mikroflorasini tiklovchi preparatlar va fermentlarni berish muddati
bolaning umumiy ahvoli va disbakterioz darajasiga bog‘liq. Odatda 3-4 haftagacha
davom ettiriladi.
Profilaktikasi
Homilador ayolda disbiotsenozni, eng avvalo qinning
disbiozini aniqlash va davolash, bolani imkoni boricha erta ko‘krakka qo‘yish,
parenteral ovqatlantirish davrini iloji boricha qisqartirish, ratsional
antibiotikoterapiya disbiotsenozning oldini olishga yordam beradi. Shuningdek
onaga tug‘ruqdan 3-4 hafta avval probiotiklar tayinlash ham yaxshi natija beradi.
uz.wikipedia.org