Chaqaloqlar streptodermiyalari




Chaqaloqlar streptodermiyalari  — streptokokklar qoʻzgʻatadigan terining yaligʻlanishi hisoblanadi..
Saramasda yuz terisida birinchi boʻlib shikastlanadi yoki kindik sohasida joylashadi va tezda terining boshqa sohalariga tarqaladi („sayohat qilayotgan
saramas“, „daydi saramas“). Tipik hollarda kasallik febril harorat, mahalliy giperemiya paydo boʻlishi (katta yoshdagi bolalarga taqoslanganda sust
rivojlanadi) teri va teri osti kletchatkasining infil’tratsiyasidan boshlanadi. SHikastlangan oʻchoq chetlari koʻngʻirsimon, notoʻgʻri shaklli, ajratib turadigan
gardish yoʻq, oʻzgarmagan teri ushlab koʻrilganda gipertermiya boʻlish mumkin. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda „oq saramas“ kuzatilishi mumkin, bunda
giperemiya yoʻq, shkastlangan teri qismi oqaradi, baʼzan pufaklar, teri osti abssesslari, nekrozlar paydo boʻladi. Kasallik odatda ogʻir kechadi, bolaning
ahvoli tezda yomonlashadi, u boʻshashgan, koʻkrak emishdan bosh tortadi, dispeptik buzilishlari boʻladi, miokardit meningit hodisalari va buyraklar
shikastlanishi roʻy beradi.
Intertriginoz streptodermiya keskin chegaralangan giperemiya, baʼzan quloq orqalarida va tabiiy burmalarda ozroq suv chirqish bilan yuzaga chiqadi.
SHikastlangan oʻchoq sohasida yoriqlar, fliktenalar, periferiyasida piokokkli elementlar boʻlish mumkin. YAlligʻlanish oʻchoqlar soʻnganida kepaksimon poʻst
tashlash boshlanadi.
Papuloeroziv streptodermiya dumba va sonning orqa yuzasida ushlab koʻrilganida qattiq, koʻkimtir qizil rangli, oʻlchami 0,1 — 0,3mm li papulalar
paydo boʻlishi xos. Papulalar tez eroziyalanadi va qora qoʻtirchalar bilan qoplanadi, terining yaqin joylashgan sohalarida Yangi elementlar, jumladan
piokokkli elementlar paydo boʻladi.
Vulgar ektima streptodermiyaning yarali shakli. Streptokokklardan tashqari zararlanish oʻchoqlarida stafilokokk, pseudomonas aeruginosa topilishi mumkin.
Kasallikning 2 xil shakli farq qilinadi. Oddiy ektima koʻpincha oyoqlar terisida joylashadigan, boʻshliq hosil boʻlish bilan harakterlanadi. Pustula ochilgandan
soʻng yara hosil boʻlib, uning tubi yiring va jigarrangsimon qoraqoʻtir bilan qoplangan. Yara bir necha hafta ichida bitib, oʻzidan chandiqcha qoldiradi.
Teshiladigan ektima aksariyat bir biriga qoʻshilib ketadigan koʻp sonli ektimalar paydo boʻlishi bilan yuzaga keladi. eng koʻp joylashadigan joyi boshning sochli
qismi hisoblanadi. Isitma, intoksikatsiya, mahalliy limfa tugunlarining kattalashishi bilan namoyon boʻladi.
Paronixiyalar streptokokklar va stafilokokk infeksiyasi chaqiradigan tirnoq gardishlarning infeksion shikastlanishi hisoblanadi. Giperemiya va pufaklar
streptokokkdan zararlanish uchun xos hodisa, shish fonida eroziyalar paydo boʻladi. Ayrim hollarda mahalliy limfadenit boʻlishi mumkin.
Kindik yarasining infeksion kasalliklari. Kataral omfalit (suvchiqqagan kindik, nam) klinik jihatidan kindik yarasida seroz ajralma ajralishi uning
epitelizatsiyalanish muddatlarining sekinlashishi bilan ifodalanadi. Ayrim hollarda kindik halqasimon engil giperemiyasi va ozroq infil’tratsiyasi qayd
qilinadi. Qon aralash qoraqoʻtir hosil boʻlganda kindik qoldigʻi tushib ketgandan soʻng birinchi kunlari ular ostida ozroq seroz yiringli ajralma yigʻilishi
mumkin. Yangi tugʻilgan bolaning holati buzilmagan, tana harorati koʻtarilmaydi. Qon tahlilida oʻzgarishlar yoʻq. Kindik tomirlari qoʻlga sezilmaydi. Palpasiya
qilinmaydi.
Yiringli omfalit — kindik yarasi tubi, kindik halqasi, kindik halqasi atrofida teri osti yogʻ kletchatkasi, kindik tomirlarining bakterial yalligʻlanishidir.
Kasallik odatda erta neonatal davr oxirida yoki hayotining 2 — haftasidan, koʻpincha kataral omfalit belgilari bilan boshlanadi. Bir necha kun oʻtgach
kindik yarasidan yiringli ajralma ajraladi — kindik pioreyasi, kindik halqasi shishi va giperemiyasi, kindik atrofida teri osti yogʻ kletchatkasining infil’tratsiyasi
paydo boʻladi. Buning oqibatida kindik qorin oldingi devori sathidan koʻtarilib turadi. Kindik atrofidagi teri giperemiyalangan, ushlab koʻrilganda issiq, qorin
oldingi devori tomirlarining kengayganligi xos (venoz tarmoqning kuchayishi) limfangoit qoʻshilish alomati boʻlgan qizil rangli taram-taram sohalar. Kindik
tomirlarining infeksion zaralanishi uchun xos belgilar paydo boʻladi. Bemorning umumiy ahvoli oʻzgargan, bola lanj boʻladi, koʻkrakni yaxshi emmaydi, ichgan
sutini qayt qiladi, tana vazni oshmaydi (yoʻqolish ehtimoli), tana harorati oshadi, baʼzan febrilgacha koʻtariladi. Qon tahlilida leykotsitoz chapga siljish bilan,EChT
oshishi.
Kindik yarasi  — kindik pioreyasi yoki omfalit asorati sifatida paydo boʻlish mumkin Kindik yarasining tubi odatda seroz-yiringli yoki yiringli ajralma bilan
yopilgan boʻladi. Uni olib tashlangandan soʻng yaralanish aniqlanadi. Kindik yarasiga ishlov berilayotganida kindik yarasining tubini bekitib turgan qoraqoʻtir
olib tashlanmasa, yara rivojlanish ehtimoli katta boʻladi. Bemorning umumiy holati kasallikning birinchi kunlarida buzilmagan boʻlish mumkin, keyinchalik
intoksikatsiya belgilari qoʻshiladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz