CHAQA



CHAQA, chaqa pul — qiymati past bo’lgan metall tangalar; mayda to’lovlar, yirik pul belgilarini maydalash, qog’oz pullardan qaytim berish uchun qo’llaniladi. Jahon mamlakatlarida Chaqaning eng kichik qiymati amaldagi milliy valyuta birligining 1/100 qismiga teng bo’lgan tanga shaklida zarb qilinadi (masalan, so’mrya. tiyin, damaraa tsent, rupiyada paysa, grivnadya kopeek). Qadimdan Chaqa pullar qiymati yuqori bo’lgan kumush va oltin tangalardan farqli hodda faqat mis yoki jez singari arzon metallardan yasalgan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1994 yil 1 iyuldan muomalaga chiqargan 1, 3, 5 tiyin qiymatdagi mis tangalar Chaqa hisoblanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz