Chapqirg‘oq qorasuv kanali




Chapqirgʻoq Qorasuv kanali - Chirchiq daryosining chap sohilidan chiqarilgan kanal (daryo) (Toshkent viloyati). Yuqori Chirchiq gidrouzelidan boshlanib, Shamalak gidrouzeligacha davom etadi. Uz. 87 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 180 m³/s. Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq, Oʻrta Chirchiq, Oqqoʻrgʻon tumanlarida 165 ming ga yerni sugʻoradi. Kanalga koʻpgina soy suvlari kelib qoʻshiladi. Eng yiriklari: Juzuruqsoy, Parkentsoy, Samsaraksoy, Qizilsoy. Qorasuv kanali qadimgi kanallardan biri. Bir necha toʻgʻonli suv olish inshootlari bor. Ularning birinchisi — Nayman toʻgʻoni (kanalning 59 km da). 1926-yilda qurilgan boʻlib, RK7, RK71, Olgʻabos kanallariga suv beradi. 1930—32 yillarda 74 km da Xontoʻgʻon suv olish inshooti qurildi. Inshoot toʻgʻon va Morgunenkov nomidagi RK8, RK9 kanallariga suv beradigan taqsimlagichlardan iborat. 1960—70 yillarda kanalning 3, 13, 36 va 56 km larida yana 4 suv olish uzellari qurildi. 68 km da kanalga Tuyaboʻgʻiz suv omborits&n kanal orqali suv olinadi. Ch.Chapqirgʻoq Qorasuv kanalining 36 km da I. A. Polvonov nomli Toshkent kanali boshlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz