CHAPLIGIN SERGEY ALEKSEYEVICH [1869.24. (5.4), Ryazan gubernyasi, Ranenberg shahri, hozirgi Lipesk viloyati, Chapligin shahri — 1942.8. 10, Novosibirsk] — mexanika sohasidagi rus olimi, gidrodinamika asoschilaridan biri, SSSR Fanlar Akademiyasi akademik (1929), Mehnat Qahramoni (1941). N.E. Jukovskiyning shogirdi va safdoshi. Moskva universitetini tugatgan (1890). Markaziy aerodinamika intida ishlagan (1918 yildan). Ilmiy ishlari asosan nazariy mexanika muammolariga doyr. Qattiq jismlarning suyuqlikdagi harakat qonunlarini o’rgangan, tezligi tovush tezligidan kichik bo’lgan gaz oqimini tekshirish usulini ishlab chiqib, gaz dinamikasiga asos solgan. Chapligin samolyot qanoti atrofida havo tsirkulyasiyasi tezligini aniqlash haqidagi postulatni (Chapligin — Jukovskiy postulatini) birinchi marta aniq bayon qilgan. Chapligin aviatsiya va aeromexanikaga doyr murakkab masalalarning echimini bergan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish