Chapakchur jangi




Chapakchur jangi, (Turkcha Çapakçur muharabeleri) Rossiya Imperiyasining harbiy kuchlari va Usmonli armiyasi oʻrtasidagi 1916 yilda yuz bergan va Chapakchur shahri uchun boʻlib oʻtgan janglar hisoblanadi. Bu jang Usmonli armiyasining toʻliq gʻalabasi bilan tugaydi.

Voqealar



Kavkaz frontida ruslarga qarshi kurashgan Usmonli qoʻshini qishning ogʻir sharoiti va rus qoʻshinining juda kuchliligi tufayli katta yoʻqotishlarga duchor boʻladi va ruslar Bitlis va Mushni olib, gʻarbga tomon yuradi. Qoʻshin yetarli boʻlmaganidan, mintaqa xalqidan koʻngilli kuchlar tuzilib, ruslarni toʻxtatish uchun safarbar qilinadi. Chapakchur, Gench, Solhan va Kigi qabilalaridan tashkil topgan koʻngilli qismlar ogʻir vaziyatda mintaqani himoya qilib chiqadi. Chanoqqal’a gʻalabasidan soʻng bu hududning mudofaasi uchun tayinlangan Mustafo Kamol va uning safdoshlari koʻngilli kuchlarining koʻmagida ruslarni bugungi Bingoʻl chegaralari ichida orqaga qaytarishga muvaffaq boʻladi. Bu janglarda Mustafo Kamol bilan birga Ali Fuat Posho, Cafer Tayyar Posho, Ahmet Izzet Posho, Mursel Posho, Faiq Posho kabi koʻplab qoʻmondonlar Sharqiy frontda ruslarga qarshi kurash olib boradilar. Bundan tashqari, mahalliy koʻngilli kuchlari va mintaqa rahbarlari ruslarni toʻxtatish uchun birgalikda harakatlar qiladilar. Xususan, Musrumlik qahramon Sabri afandining saʼy-harakatlari yuksak baholanib, ko‘plab tabrik telegrammalari va medallari bilan taqdirlanadi. Chapakchur janglari xotiralarini kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida Bingoʻlda 3 ta shahidlar yodgorligi oʻrnatilgan. Urushdan keyin Kigining Chanakchi qishlogʻida Mursel Posho yodgorligi, Karliovaning Azizan qishlogʻida Azizan yodgorligi va Otaturkning shaxsan rahbarlik qilgan Solhandagi jangda „Shon- sharaf maydoni“ shahidlik yodgorligi oʻrnatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz