Chap qo‘l qoidasi
Ampère qoidasi ,
chap qoʻl qoidasi — magnit maydoniga kiritil-gan oʻtkazgichdan tok oʻtganda unga taʼsir etuvchi mexanik kuch yoʻnalishini aniqlaydigan qoida. Agar chap qoʻlni magnit maydon kuchlanganligi kaftga tomon yoʻnaladigan qilib, ochilgan toʻrt barmoqni tok yoʻnalishi boʻyicha tutilsa, u holda bosh barmoq oʻtkazgichga taʼsir etuvchi kuch yoʻnalishini koʻrsatadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org