Chaotun




Mumiyo (arab., lot. mumia), mumiyoyi asl, togʻ balzami, brag-shun, bargshun, chaotun — fiziologik funksiyalarni kuchaytiradigan murakkab biologik tabiiy mahsulot, kryalarning yoriklaridan sizib chikadigan smolasimon modda. Umuman Mni biologik, geologik va biomineralogik oʻzgarishlar mahsuloti deyish mumkin.

Tabobatda qadimdan ishlatib kelingan. Abu Bakr-ar Roziy bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, yuz nervi falaji, tutkanoq, yurakqon tomir sistemasi, na-fas yoʻllari va boshqa aʼzolar kasalliklarida M. ishlatgan. Abu Ali ibn Sino oʻzining "Tib qonunlari"da M.ni meʼdani mustahkamlaydigan, nafas olishni yengillashtiradigan, binobarin eng takomillashgan universal dori deb tavsiflagan. M.ning kelib chiqishi haqida juda koʻp fikrlar mavjud.

M. hamirday muloyim, taʼmi achchiq, suvda eriydi. Tarkibida turli organik moddalar va mikroelementlar bor. Oʻrta Osiyo hududida M.ning manbalari kup. Tilla rang (kizil), kumush rang (oqish), mis rang (kukish) va temir rang (qoramtir-qoʻngʻir) M. buladi. Temir rang M. koʻproqtarqalgan. Asosan, tibbiyotda qoʻllanadi. M. yiringlatuvchi mikroblarni oʻldiradi, jarohat, yara va singan suyaklarni tez tuzatadi. Lat yegan, singan suyaklarni davolashda M.dan foydalanish sir-asrorlarini Oʻzbekistonda professor O. Sh. Shokirov ilmiy jihatdan asoslab berdi.

M.ni membrana orqali tozalash, purkash usulida quritish va kukunga aylantirish, tabletkasini qobiqlash texnologiyasi, tarkibidagi mikroele-mentlar, aminokislotalar, yogʻ kislotalarining sifat va miqdor analizi, standartlash usullari Toshkent farmatsevtika institutida ishlab chiqildi (S. N. Aminov, V. Ye. Kim, L. M. Soliyeva). Hozirgi M. Oʻzkimyofarm OAJ da tabletka holida (M. Usubboyev) ishlab chiqariladi.

M.dan oʻz bilgicha foydalanish yaramaydi, uni faqat vrach tavsiya etgan hollardagina qullash mumkin.

Adabiyot




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz