CHANOQ-SON BO’G’IMI



CHANOQ-SON BO’G’IMI – chanok suyagidagi quymuch kosasi bilan son suyagining boshi birlashishidan paydo bo’ladi. Quymuch kosasining qirg’og’ida chuqurchaning kattalashtirishga moslashgan fibroz Tog’ay labi bor. Bo’g’im xaltasi erkin joylashgan bo’lib, son suyagi boshining harakat qilishiga xalaqit bermaydi. Chanoq-son bo’g’imi yonboshson, o’tirgichson, qovson boylamlari bilan mustahkamlanadi. Chanoq-son bo’g’imi atrofidagi muskullar bo’g’im harakatida boylamlarning unchalik taranglanmasligiga imkon yaratadi. Bo’g’im yong’oqsimon shaklda bo’lib, frontal o’qida tanaga yaqinlashib-uzoqlashishi, vertikal (tik) o’qi bo’ylab tashqari hamda ichkariga aylanishi va doira shaklida harakat qilishi mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz