CHANOQQAL’A
CHANOQQAL’A — Turkiyaning g’arbiy qismidagi shahar. Chanoqqal’a elining ma’muriy markazi. Aholisi 40 ming kishidan ziyod. Dardanell bo’g’ozidagi port. Avtomobil yo’llari chorrahasi. Oziq-ovqat, keramika, kemasozlik va boshqa sanoat korxanalari mavjud.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz