Chanoq




Chanoq , tos — gavda skele/iining pastki qismi. Chanoq. odamda oyoqlarni, sut emizuvchilarda esa orqa oyoqlarni, tanaga birlashtiradi. Chanoq. umurtqa pogʻonasi va tananing yuqori qismi uchun tayanch vazifasini bajaradi; Chanoq oʻng va chap nomsiz Ch. suyaklari hamda dumgʻaza va dum suyaklaridan hosil boʻladi.

CHanoq. suyaklari birbiriga oldidan qov simfiziga oʻxshab, orqadan esa juft dumgʻazayonbosh boʻgimlari koʻrinishida dumgʻazaga birlashadi. Har bir nomsiz suyaklar (oʻsish davri oxirida qoʻshilib ketadi) yonbosh, quymuch va qov suyaklaridan tashkil topadi. Ular birlashish joyining tashqi tomonida quymuch kosasi joylashadi.

CHanoq. tuzilishining jinsiy xususiyatlari bor. Ayollarda Chanoq. erkaklarnikiga nisbatan bir qadar keng va kalta boʻladi. Katta va kichik Chanoq. bor. Katta Chanoq oldidan qorin old devori yumshoq toʻqimalari bilan, orqadan umurtqa pogʻonasi, yondan yonbosh suyak qanotlari bilan, kichik Chanoq oldidan qov suyaklari, orqadan dumgʻaza va dum suyagi, yondan quymuch suyagi va yumshoq toʻqimalar bilan oʻralgan. Katta Chanoq.da qorin boʻshligʻi pastki qismidagi aʼzolar, kichik Chanoq.da toʻgʻri ichak, qovuq, erkaklarda prostata bezi va urugʻ pufaklari, ayollarda bachadon va uning ortiqlari hamda qin joylashgan. Chanoq suyaklarida orqa tomondan orqa va umurtqa pogʻonasi muskullari, oldidan qorin muskullari birlashadi. Oyoq muskullari ham Chanoqdan boshlanadi. Dumbaning katta muskuli Chanoq. sohasidagi eng katta muskul xisoblanadi. Yonboshning ichki juft arteriyalari Chanoq. devori va undagi ichki aʼzolarni qon bilan taʼminlaydi; dumgʻaza nervi chigallarining shoxchalari innervatsiya qiladi.

CHanoq. sinishi Chanoq.ning xavfli shikastlaridan xisoblanadi. Chanoq. chikishi kam uchraydi; lekin bolalarda Chanoq. shikastlanishi natijasida boylamlar uzilishi, chanokson boʻgʻimi chiqishi koʻproq kuzatiladi. Tugʻruq vaqtida baʼzan Chanoq.ning qov birikmasi uzilishi mumkin. Quymuch kosasi singanda koʻpincha son chiqadi. Chanoq
. kasalliklariga qon orqali tarqaladigan (gematogen) osteomiyelit (bunda, odatda, yonbosh suyagi qanotlari va dumgʻaza zararlanadi), brutsellyoz va revmatoid artritsa dumgʻazayonbosh boʻgʻimining zararlanishi va boshqa kiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz