CHANGXO’RLAR (Alleculidae) — qo’ng’izlar oilasi. 1300 ga yaqin turi ma’lum. Uzunligi 4-25 millimetr, tanasi oval shaklda; rangi qora, qo’ng’ir yoki sariq. Yer yuzida, ayniqsa, Janub mamlakatlarda ko’p tarqalgan. O’simlik bargi, ayniqsa, gul changi bilan oziqlanadi. Ba’zi Changxo’rlar (masalan, Dog’iston changxo’ri) ekinlar maysasi va urug’ini yeb, zarar keltiradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish