Chang`i




Changʻi — qorli joylar, botqoq yerlar va suv yuzida tayanch maydonini kengaytirib, siljishni osonlashtiruvchi moslama. Shim.dagi kabilalarda neolit davrida vujudga kelgan. Bir necha ming yillar davomida, asosan, yurish vositasi sifatida qoʻllanilgan, undan ovchilar, jangchilar foydalanganlar. Keyinchalik Ch. sport va jismoniy tarbiyada keng qoʻllana boshlandi. Hozirgi changʻilarning odimlovchi va sirgʻaluvchi turlari mavjud. Odimlovchi Ch.lar vazifasiga koʻra, qor va botqoqlikda yuruvchi Ch.ga boʻlinadi. Sirgʻaluvchi Ch.lar sport Ch.si, turistlar Ch.si, ovchilar Ch.si, maxsus Ch. (mac, samolyotlar Ch.si), suv Ch.si va boshqalarga boʻlinadi (yana qarang Changʻi sporti).

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz