CHANG’I — qorli joylar, botqoq yerlar va suv yuzida tayanch maydonini kengaytirib, siljishni osonlashtiruvchi moslama. Shimoldagi kabilalarda neolit davrida vujudga kelgan. Bir necha ming yillar davomida, asosan, yurish vositasi sifatida qo’llanilgan, undan ovchilar, jangchilar foydalanganlar. Keyinchalik Chang’i sport va jismoniy tarbiyada keng qo’llana boshlandi. Hozirgi chang’ilarning odimlovchi va sirg’aluvchi turlari mavjud. Odimlovchi Chang’ilar vazifasiga ko’ra, qor va botqoqlikda yuruvchi Chang’iga bo’linadi. Sirg’aluvchi Chang’ilar sport Chang’isi, turistlar Chang’isi, ovchilar Chang’isi, maxsus Chang’i (masalan, samolyotlar Chang’isi), suv Chang’isi va boshqalarga bo’linadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish