Changchun




Changchun — Xitoyning shimoli-sharqiy qismidagi shahar, Itunxe daryosi boʻyida. Girin provinsiyasining maʼmuriy markazi. Axoliyey 6,9 million kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Mashinasozlikning yirik markazi (transport vositalari, asosan, avtomobillar, stanoklar, radiotexnika, optik priborlar ishlab chiqarish, radioelektronika). Kime (shina, plastmassa, oʻgʻitlar, dorilar ishlab chiqarish), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Fanlar akademiyasi filiali, universitet bor. Shaharga 19-asr boshlarida asos solingan. 1897—1903-yillarda XitoySharqiy temir yoʻlning kurilishi bilan yirik savdosanoat markaziga aylandi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz